So’nggi yangiliklar

19:02Спортчи учун энг яхши "допинг" – уйдаги тинчлик 0 18:23Осиё Чемпионлар Лигасида қанча пул ишлаб топса бўлади? 0 17:52Конор Макгрегор: "Қасос олишни истайман ва бунга эришаман" 0 17:21Мераб Двалишвили Умар Нурмагомедовнинг мағлубиятига илк бор фикр билдирди 0 16:50Афсонавий Виши Ананд Самарқанд Олимпиадаси машъаласини Синдаровга топширди 0 16:19Ямаль — "Олтин тўп" ҳақида: "Фақат икки энг яхши ўйинчи бор, аммо бу йил мукофот менга тегиши керак!" 0 15:48Головкин Ислом бирдамлиги спорт федерацияси (ISSA) вице-президенти этиб сайланди 0 15:17Бибоссинов WBO Africa чемпионига қарши жангда жароҳат олди 0 14:46Мураббий: "Агар Гэрри бироз тажовузкорроқ бўлганида, Махачевни нокаут қиларди" 0 14:15Бугун "Нефтчи" ва "Пахтакор" Элит ОЧЛдаги иштирокини бошлайди 0 13:54Кункабаев фаолиятини якунлаши мумкинлигига ишора қилди 0 13:40BREAKING: Сирил Ган UFC чемпиони сифатида эълон қилинди 0 13:13Хамзат Чимаев Царукян, Евлоев ва Яннинг жанглари бўйича ўз тахминини айтди 0 12:42Райан Гарсия навбатдаги жангини қачон ўтказишини айтди, Дана Уайт ҳам бунга тайёр! 0 12:11АПЛ ҳакамлар корпуси Манчестер дербисида Ҳоланд киритган гол борасида хатога йўл қўйилганини тан олди 0

14 sen 19:02
Yangiliklar

Boshqalar

Sportchi uchun eng yaxshi "doping" – uydagi tinchlik

Teglar :  Akobir Abdullaev
Oilaviy muvozanat sportchining barqaror natijasiga sabab bo'lishi mumkin.

Bokschi Dmitriy Bivol – Artur Biterbievdan ilk mag'lubiyatini qabul qilib olishdan oldin, oilaviy kelishmovchiliklarni boshidan kechirayotganini butun dunyo ko'rgan edi, yaqindagina engilmasdek tuyulgan UFC chempioni Ilya Topuriya – Jastin Getjidan kutilmagan mag'lubiyatni qabul qilishdan oldin ayoli bilan ajrashgani hamda sevikli qizalog'ini ko'ra olmayotganidan tushkunlikda ekanligi malum qilingandi.

Bivol va Topuriya misollari oilaviy inqiroz professional sportchining psixologik holatiga tasir qilishi mumkinligini ko'rsatadi. Albatta, ularning mag'lubiyatiga aynan oilaviy muammolar sabab bo'lganini tasdiqlovchi dalillar yo'q. Ammo sport psixologiyasida shaxsiy hayotdagi kuchli stress diqqat, tiklanish, uyqu va emocional barqarorlikni pasaytirishi mumkinligi yaxshi o'rganilgan.

Ko'pchilik sportdagi muvaffaqiyatning siri kuchli mashg'ulot, to'g'ri ovqatlanish yoki zamonaviy tiklanish usullarida deb o'ylaydi. Albatta, bularning barchasi muhim. Lekin professional sportda ko'pincha ko'zga ko'rinmaydigan yana bir omil bor. U ham bo'lsa — uydagi tinchlik.

Sportchi mashg'ulotni tugatib uyiga qaytganda, uning organizmi faqat mushaklarni emas, asab tizimini ham tiklaydi. Agar uyda mehr, tushunish va xotirjamlik bo'lsa, miya "xavfsizman" degan signalni qabul qiladi. SHunda uyqu sifati yaxshilanadi, stress gormonlari kamayadi, diqqat kuchi tiklanadi va ertangi mashg'ulotga organizm to'liq tayyor bo'ladi.


Ammo buning aksi bo'lsa-chi?

Uyda doimiy janjal, ishonchsizlik, sovuq munosabat yoki oilaviy bosim mavjud bo'lsa, sportchi mashg'ulotdan chiqib ikkinchi "jang"ga kiradi. Uning miyasi dam olmaydi. Organizm tiklanish o'rniga muammolarni hal qilishga quvvat sarflaydi. Natijada sportchi zalda mashq qilayotgan bo'lsa ham, uning fikri boshqa joyda bo'ladi. Oilaviy muammolar kamida bitta “zo'r chalg'ituvchi” omil bo'lib, sportchini to'liq potencialini ishlatishdan to'sadi.

Sport psixologiyasida koncentraciya eng qimmat resurslardan biri hisoblanadi. Bir necha soniyalik koncentraciyaning yo'qolishi boksda zarbani o'tkazib yuborishga, futbolda noto'g'ri qarorga olib kelishi mumkin. Tasodif emas, ko'plab mashhur sportchilar faoliyatining pasayishi shaxsiy hayotidagi og'ir davrlarga to'g'ri kelgan. Aksincha, oilasining qo'llab-quvvatlashi haqida gapiradigan chempionlar bosim ostida ham barqaror natija ko'rsatishi bilan ajralib turadi Misol uchun, ikki tirik afsona Messi va Ronaldular haqida gapirsak - ularning oilaviy barqarorligi tashqi tomondan doim ko'rinib turadi. Sportchi yolg'iz musobaqaga chiqsa ham, uning ruhiy holati ortida turgan eng yaqin insonlar bilan chambarchas bog'liq bo'ladi.

Bazan murabbiylar sportchining texnikasi buzildi, jismoniy holati pasaydi yoki ishtiyoqi yo'qoldi deb o'ylashadi. Aslida esa muammo umuman boshqa joyda bo'lishi mumkin. Sportchi shunchaki oilaviy xotirjamligini yo'qotgan bo'ladi. SHunday paytda qo'shimcha yuklama emas, balki ruhiy tiklanish ko'proq samara beradi. SHuning uchun ham sport psixologlari faqat sportchining o'zi bilan emas, kerak bo'lsa uning oilaviy muhiti bilan ham ishlashni tavsiya etishadi. CHunki kuchli psixika faqat mashg'ulot zalida shakllanmaydi. U inson har kuni qaytadigan muhitda shakllanadi.

SHu o'rinda barcha professional sportchilarimizga kichik murojaat: esda tuting, uydagi tinchlik hashamat emas — bu yuqori sport natijasining yashirin omillaridan biri bo'lishi mumkin. Eng qimmat sport jihozini sotib olish mumkin, eng yaxshi murabbiyni yollash mumkin, ammo uyga kirganingizda qalbingiz tinch bo'lmasa, boshqa imkoniyatlarimizning tasiri sezilarli darajada kamayadi.

Xulosa o'zingizdan.


Akobr Abdullaev – amaliy sport psixologi (PhD), MOQ huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi Sport psixologiyasi bo'limi mudiri

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing