02 avg 11:11
Yangiliklar
Razambek Jamalov va G'ulomjon Abdullaev chempion, yana ikki erkin kurashchimiz ham shohsupada (FOTO)
Ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi kurashchilari ham g'oliblik yo'lida gilamga chiqmoqda. Quvonarlisi, ikki vakilimiz - Parij-2024 Olimpiadasi g'olibi Razambek Jamalov hamda shu Olimpiya o'yinlarining bronza medali sovrindori G'ulomjon Abdullaev raqiblarini mag'lub etib, musobaqa chempioniga aylandi.
61 kg vaznda kurashgan G'ulomjon Abdullaev hal qiluvchi final bellashuvida qozog'istonlik Allan Oralbekni, 74 kg vazndagi Razambek Jamalov eronlik Ali Karampurni mag'lubiyatga uchratdi.
SHahzodbek Yarashev (70 kg) final bahsida moldovalik Vasile Diakonga imkoniyatni boy berib, kumush medalga ega chiqdi. Asadbek Saidto'raev (57 kg) bronza medaliga sazovor bo'ldi. CHempionlar 1000, kumush medal sohiblari 750, bronza medal egalari esa 500 evro mukofot pulini qo'lga kiritdi.
Ikki kunlik bellashuvlar yakuniga ko'ra, O'zbekiston erkin kurash terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 3-o'rinni egallab turibdi. Turkiya 4 ta oltin 1 ta kumush, 14 ta bronza medali bilan birinchi o'rinni band etgan. Eronlik kurashchilar 2 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan 2-pog'onada borishmoqda.






Fikrlar