So’nggi yangiliklar

14:31Шахматчиларимиз Памуккаледаги турнирда шоҳсупага кўтарилишди 0 14:10IBF рейтинги янгиланди. Баҳодир Жалолов нечанчи ўринда? 0 13:49"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди 0 13:28Аҳмадалиевга қарши жанг учун Наоя Иноуэга Муроджоннинг собиқ рақиби ёрдам беради 0 13:07Жошуанинг жамоаси Жейк Пол билан музокара олиб борилаётганини тасдиқлади 0 12:46Келаси ҳафта Тошкентда волейбол бўйича жаҳон чемпионати старт олади 0 12:25Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди? 0 12:04Спорт вазири ҳузурида соҳада амалга оширилаётган қурилиш ишлари тақдимот бўлиб ўтди 0 11:4318 ёшли Мирра Андреева 21 йиллик натижани такрорлади 0 11:22Тошкентда ўтган Octagon 75 турнири бонуслари кимларга берилгани маълум 0 11:01Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор 0 10:40Порье фаолиятини нима сабабдан якунлаётганига изоҳ берди 0 10:19Аввал Рамазон Темиров, энди эса Абу-Даби турнирининг co-main event жанги бекор қилинди 0 09:58Олимпиада-2028 теннис мусобақасининг санаси маълум 0 09:37Терма жамоамиз ҳимоячиси яна БАА чемпионатига қайтди 0

27 noy 07:13
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbek boksida hakamlik yo'nalishida yangi tizim ishga tushirilmoqda

Teglar :  Hakamlik
So'nggi paytlarda yurtimizda boks hakamlari faoliyatini yanada rivojlantirishga ehtiyoj tug'ilmoqda.

SHu maqsadda O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyati yurtimizdagi boks hakamlari malakasini oshirish, ushbu yo'nalishda yangiliklarni tatbiq etish borasida amaliy ishlarni boshlab yuborgan. 

Kecha shu maqsadda boks hakamlari ishtirokida onlayn yig'ilish tashkil etildi.

Yo'lga qo'yilgan loyiha haqida AIBA musobaqalar o'tkazish qo'mitasi, ASBC musobaqalar o'tkazish komissiyasi azosi SHohid Tillaboev tomonidan tushuntirib berildi. 

Ushbu yo'lga qo'yilayotgan tizimdan maqsad, boks hakamlarida malakani oshirish, hakamlikda adolat, shaffoflik masalalarini kuchaytirishdan iborat. 

Hakamlik masalasidagi muammolar o'z navbatida selekciya ishlariga ham tasir qilayotgani, buning oqibatida iqtidorlar ko'zga ko'rinmay qolib ketayotganligi takidlandi. 

Rejaga ko'ra, 4-7 dekabr kunlari Buyuk Britaniya va Ukrainadan AIBAning tajribali instruktorlari o'zbekistonlik hakamlar uchun seminar o'tadi va yangi tizimning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtiradi. Seminarda qatnashgan tinglovchilar AIBAning tajribali instruktorlariga imtihon topshirishadi.  Bu orqali hakamlarimiz malakasini oshirish va xalqaro arenalarda o'zbekistonlik hakamlarning sonini ko'paytirish maqsad qilingan.

O'zbekiston boks federaciyasi hakamlikda o'zini sinab ko'rmoqchi bo'lgan hamyurtlarimiz uchun tanlov elon qilgandi. Ayni paytda hakamlikka talabgorlarni ro'yxatga olish ishlari davom etmoqda. Mazkur tanlov ham yurtimizda hakamlik korpusini rivojlantirishning muhim bo'lgan qismlaridan biri hisoblanadi.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing