15 iyu 12:46
Yangiliklar

Kelasi hafta Toshkentda voleybol bo'yicha jahon chempionati start oladi
24 iyul – 3-avgust kunlari poytaxtimiz voleybol bo'yicha yigitlar o'rtasida U19 yosh toifasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Mamlakatimizda ushbu sport turida ilk bor tashkil etiladigan mazkur musobaqada dunyoning eng kuchli 24 jamoasi g'oliblik uchun bellashadi.
Uchrashuvlar “Yunusobod” sport majmuasi hamda O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining zallarida tashkil etiladi. “A” guruhidan o'rin olgan O'zbekiston terma jamoasi pley-off bosqichi yo'llanmasi uchun Belgiya, Argentina, Puerto-Riko, Turkiya va Pokiston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Jamoamizning guruh bosqichidagi taqvimi quyidagicha:
1-tur: O'zbekiston – Turkiya (24 iyul)
2-tur: O'zbekiston – Pokiston (25 iyul)
3-tur: O'zbekiston – Puerto-Riko (26 iyul)
4-tur: O'zbekiston – Argentina (28 iyul)
5-tur: O'zbekiston – Belgiya (29 iyul)
Izoh: Terma jamoamizning guruh bosqichidagi barcha o'yinlari “Yunusobod” sport majmuasida soat 17:00 boshlanadi.
Fikrlar