15 iyu 13:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Ahmadalievga qarshi jang uchun Naoya Inouega Murodjonning sobiq raqibi yordam beradi
Bu haqda uning menejeri malum qildi.
"Ahmadaliev Naoyaning hozirgacha bo'lgan eng kuchli raqibi. Biz sparringlarni davom ettiryapmiz. Murata Subaru, Nagatu va Riku Masuda bilan sparringlar o'tkazyapmiz. Kelasi oyning o'rtalarida Murodjon Ahmadalievning sobiq raqibi, Naoya bilan birlashtiruvchi jang o'tkazgan filippinlik Marlon Tapales Yaponiyaga keladi va u ham Inouega yordam beradi", dedi mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Inoue va Ahmadaliev o'rtasidagi chempionlik jangi 14 sentyabr kuni Nagoya shahrida (Yaponiya) o'tkaziladi.
Havola :
Fikrlar