So’nggi yangiliklar

12:24Даврон Файзиев: "Топурия енгилмас жангчи эмас, у учун энг муносиб рақиб — бу..." 0 12:03Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди 0 11:42Жон Жонс: "Асосий мақсадим — Оқ уйдаги UFC турнирида жанг қилиш" 0 11:21Ёшлар ўртасидаги Осиё ўйинлари: йигит-қизларимиз футзал, волейбол ва гандбол бўйича мусобақалардаги рақибларини билиб олди 0 11:00Бокс. Бугун ЖЧда 9 нафар ҳамюртимиз рингга кўтарилади (рўйхат) 0 10:39Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади 0 10:18Зарруҳ Адашев англиялик рақиби билан илк бор юзма-юз келди (ВИДЕО) 0 09:57Эркин кураш бўйича Олимпия ўйинлари совриндори Аарон Брукс уч йилга дисквалификация қилиниши айтилмоқда 0 09:36UFC Paris: жанглар орқали ким қанча ишлаб олди? 0 09:15Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин 0 08:54Шон Стрикленд Алекс Перейранинг машғулотларига қўшилди (ФОТО) 0 08:33Тошкентда кадетлар ўртасидаги Осиё Кубоги ўтказилади 0 08:12Аҳмадалиев: "Иноуэни ҳурмат қиламан, лекин..." 0 07:51ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди 0 07:30"Топурия Царукяндан қочяпти" - Ислам Махачев 0

04 jan 09:28
Yangiliklar

Boks/MMA, Dzyudo, Taekvondo

O'zbek sportining yulduzlari 2023 yil o'z oldilariga qanday maqsad qo'yishdi?

2023 yilda mamlakatimiz sportchilarini ulkan musobaqalar kutib turibdi.

Olimpiya yilidan oldin o'tadigan mavsumda atletlarimiz qator licenzion musobaqalar, qita va jahon chempionatlari, Osiyo o'yinlari kabi nufuzli musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qilishadi. 

Biz bir qator taniqli sportchilarimizga murojaat qilib, 2023 yil o'z oldilariga qanday maqsad qo'yishgani, yangi yildan nimalar kutishayotgani, buni bir jumla bilan tariflab berishlarini so'radik. 

Javoblar esa quyidagicha:

Bahodir Jalolov (boks): 2023 yil o'z yurtimizda o'tadigan jahon chempionati va Osiyo o'yinlarida g'alaba qozonish, professional boksda super og'ir vazn toifasida TOP-10 ga kirish

SHarifa Davronova (engil atletika): 15 metrga sakrash, Osiyo o'yinlari chempioni bo'lish

Svetlana Osipova (taekvondo): O'zim ishtirok etgan har bir musobaqada maksimal darajada chempionlikka erishish

Abdumalik Xalakov (boks): Jahon chempionati va Osiyo o'yinlarida g'alaba qozonish, Parij-2024 Olimpiadasiga licenziya qo'lga kiritish

Muzaffarbek To'raboev (dzyudo): CHempionlikni munosib himoya qilish va Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlarining oltin medallari

Niyaz Pulatov (taekvondo): Tinimsiz mehnat qilish, barcha musobaqalarda shohsupaga ko'tarilish

Xo'sh, Siz 2023 yil uchun o'z oldingizga qanday maqsad qo'ydingiz?

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing