08 sen 10:12
Yangiliklar

Bugun Jahon chempionatida sola-sol, ura-ur bo'ladi. Kun davomida etti nafar bokschimizga muxlislik qilamiz
Bugun jahon chempionatining beshinchi kuni 7 nafar charm qo'lqop ustamiz ringga ko'tariladi. Ular orasida Parij-2024 Olimpiadasi hamda jahon chempioni Abdumalik Xalokov ham bor. -60 kg vazn toifasidagi bokschimiz jahon chempionatidagi ikkinchi jangida italiyalik Juzeppe Kanonikoga qarshi ringga chiqadi. Ushbu bahs bizning vaqt bilan soat 23:00da boshlanadi.
Kun davomida shuningdek, Nigina O'ktamova (-54 kg), SHavkatjon Boltaev (-70 kg), To'rabek Habibullaev (-90 kg), Navbahor Hamidova (-65 kg), Fazliddin Erkinboev (-75 kg) va Jahongir Zokirov (+90 kg) jahon chempionatining nimchorak final janglarida ringga ko'tarilishadi.
Bokschilarimiz ishtirokidagi janglar:
-54 kg: Nigina O'ktamova - Anna Lakotar (Vengriya) A ring. soat 16:30
-70 kg: SHavkatjon Boltaev - Bernad Martinez (Ispaniya) A ring. 17:45
-90 kg: To'rabek Xabibullaev - Vagkan Nanitzanian (Greciya) B ring. 18:45
-65 kg: Navbahor Hamidova - Oshin Derieu (Belarus) B ring. 22:00
-60 kg: Abdumalik Xalokov - Juzeppe Kanoniko (Italiya) A ring. 23:00
-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Sultan Osmanli (Turkiya) B ring. 00:00
+90 kg: Jahongir Zokirov - Nikita Putilov (Germaniya) A ring. 01:45
Kunduzgi dastur janglari bizning vaqt bilan soat 16:00, kechki dastur 22:00 da boshlanadi.
Fikrlar