08 sen 19:18
Yangiliklar
Boks/MMA

To'rabek Xabibullaev JCH chorak finaliga yo'l oldi, navbatdagi raqib Qozog'istondan bo'ladi
Liverpul shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati o'tkazilmoqda.
Musobaqada -90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan To'rabek Xabibullaev bugun ilk jangini o'tkazdi. U bahslarga ikkinchi bosqichdan qo'shildi. Ushbu bosqichda bokschimizga Greciya vakili Vagkan Nanitzanian raqiblik qildi.
To'liq davom etgan jangda To'rabek 5:0 hisobida g'alabaga erishib, chorak finalga yo'l oldi.
Endi Xabibullaev 10 sentyabr kuni chorak finalda qozog'istonlik Sagindik Togambayga qarshi ringga ko'tariladi.
Bugun kechki dasturda yana 4 nafar bokschimiz o'z jangini o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar