So’nggi yangiliklar

08:17"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади 0 19:01UFC Гавайи оролларида турнир ташкил қиладими? — Дана Уайт жавоб берди 0 18:39Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэнинг техник имкониятларига баҳо берди 0 18:18Турки аш Шайх боксда пуллик трансляцияларни бекор қилишини айтди 0 17:54Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин 0 17:27Усик реваншда Дюбуани нокаут қилиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 17:01Двалишвили: "Мен UFC’даги ягона америкалик чемпионман" 0 16:38Холмурод Нурматов ACA Лигаси рейтингида кўтарилди 0 16:16Терма жамоага хорижлик мураббий керакми? 0 15:54Даррен Тилл Тони Фергюсон билан бир кардда Люк Рокхолд билан жанг қилади 0 15:25Универсиада-2025: Элдорбек Усмонов Ўзбекистон рекордини янгилади 0 15:01ONE FC. Бугун Авазбек Холмирзаев навбатдаги жангини ўтказади 0 14:39"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди (ФОТО) 0 14:18Универсиада-2025: Бугун олти нафар ўзбекистонлик спортчиларга мухлислик қиламиз 0 14:00Адесанья Порье ва Холлоуэйнинг учинчи жанги учун тахмин билдирди 0

22 dek 21:44
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston chempionatining ikkinchi kuni ham kutilmagan natijalar bilan esda qoldi FOTOGALEREYA

Poytaxtimiz mezbonligida o'tayotgan dzyudo bo'yicha kattalari o'rtasidagi O'zbekiston chempionatining ikkinchi kungi bellashuvlari ham ortda qoldi.

Ikkinchi kungi bahslarda ham 5 ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. "Yunusobod" sport majmuasida o'tkazilayotgan mavsumning so'nggi musobaqasining bugungi bellashuvlarida ham kutilmagan natijalar qayd etildi. -73 kg vazn toifasidagi birinchi raqamli dzyudochimiz Hikmatulloh To'raev kutilmaganda saralash bosqichidayoq mag'lubiyatga uchradi. Ushbu vaznda SHahram Ahadov O'zbekiston chempioni bo'ldi.  

-81 kg vaznda kutilganidek SHarofiddin Boltaboev oltin medalni qo'lga kiritdi. Uning finaldagi raqibi Maruf Hidirov malum sabablarga ko'ra final bahsida ishtirok eta olmadi. -90 kg vazn toifasidagi bahslar ham ancha shiddatli kechdi. Oltin medal uchun kechgan murosasiz bellashuvda surxondaryolik SHermuhammad Jandreev poytaxti viloyati vakili Doston Meylievdan ustun keldi.  

Bugunning barcha g'olib va sovrindorlari:

ERKAKLAR

-73 kg vazn toifasi

1. SHahram Ahadov (Buxoro)

2. Murodjon Yo'ldoshev (Surxondaryo)

3. Vagif Ibadov (Samarqand)

3. Obidxon Nomonov (Namangan)


-81 kg vazn toifasi

1. SHarofiddin Boltaboev (Qoraqalpog'iston)

2. Maruf Hidirov (Toshkent shahri)

3. Ramazon Allaberdiev (Surxondaryo)

3. Ulug'bek O'roqov (Toshkent shahri)


-90 kg vazn toifasi

1. SHermuhammad Jandreev (Surxondaryo)

2. Doston Meyliev (Toshkent viloyati)

3. Jaloliddin Qurbonmurodov (Qashqadaryo)

3. Bahodir Panjiev (Surxondaryo)


AYOLLAR

-63 kg vazn toifasi

1. Sevinch Isoqova (Jizzax)

2. Mamlakat Sultonova (Xorazm)

3. Marjona Nurillaeva (Samarqand)

3. Laylo Yo'ldosheva (Xorazm)


-70 kg vazn toifasi

1. SHohista Nazarova (Surxondaryo)

2. Nodira Yo'ldosheva (Toshkent shahri)

3. Ravshaxon Adasheva (Toshkent shahri)

3. Farangiz Hojieva (Xorazm)

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing