18 iyu 14:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Adesanya Pore va Xolloueyning uchinchi jangi uchun taxmin bildirdi
UFC sobiq chempioni Israel Adesanya Maks Xollouey va Dastin Pore o'rtasidagi jang haqida fikr bildirdi.
"Dastin charchaganida eski odatlariga qaytadi — og'ir harakat qiladi va tayyorgarliksiz zarbalar yo'llaydi. Maks esa charchamaydi. Pore ikkinchi jangda Maksni enggan, lekin Maks uni jiddiy "silkitgandi". Bu safar Xollouey jang oqshomini buzish uchun oktagonga chiqadi. Men uning g'alabasiga pul tikaman», — dedi Adesanya o'z YouTube-kanalida.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar