07 avg 13:02
Yangiliklar

O'zbekiston ilk bor syorfing bo'yicha Osiyo chempionatida qatnashyapti, unda Puerto-Rikodan mahalliylashtirilgan sportchi yurtimiz sharafini himoya qilyapti
"19 mamlakatdan 100 nafardan ortiq sportchi qatnashayotgan mazkur musobaqada birinchi bor O'zbekiston terma jamoasi azosi ham ishtirok etyapti.
Ayollar o'rtasidagi bellashuvlarda yurtimiz sharafini 20 yoshli sportchimiz Mayya Karl himoya qilyapti. Ananaga muvofiq, ochilish marosimida musobaqaning barcha ishtirokchilari maxsus idishni o'z mamlakatlaridan olib kelingan qum bilan to'ldirishdi. Sportchimiz bu tadbirda idishni Orol dengizidan olib kelingan qum bilan boyitdi", deyiladi O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Malumot uchun, Mayya Karl 2005 yilda AQSHning Nyu-York shahrida tug'ilgan. U bungacha Puerto-Riko terma jamoasi safida faoliyat yuritib kelgan.
Olamsport.com saytining Telegram kanaliga obuna bo'ling
Fikrlar