08 avg 10:33
Yangiliklar
Eshkak eshish

Slalomda eshkak eshuvchilarimiz Osiyo kubogiga Xitoyda tayyorgarlik ko'rishyapti + FOTO
SHu kunlarda slalomda eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etmoqda.
Asosiy maqsad 14-17 avgust kunlari Xitoyning Syasi shahridagi Guychjou provinciyasida joylashgan suv sporti saroyida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga puxta tayyorgarlik ko'rishdir.
Sportchilarimiz C1 kanoeda, K1 baydarkada va C1 jamoaviy bellashuvlarda hamda kross dasturida medallar uchun bahs olib borishadi.
Terma jamoa tarkibi:
S1
Anvar Klevleev
Abubakir Bukanov
Herzod Kurbanaliev.
K1
Pavel Eygel
Janibek Temirgaliev
Samandar Saydullaev.
Havola :
Manba : t.me/rowing_uz
Fikrlar