08 avg 13:02
Yangiliklar

Mukofot jamg'armasi 6 mln dollar bo'lgan turnir ishtirokchilari tasdiqlandi
15-18 oktyabr kunlari Ar-Riyod shahrida Six Kings Slam turniri bo'lib o'tadi. Ko'rgazmali maqomdagi ushbu musobaqada dunyoning olti nafar tennis yulduzi bosh sovrin uchun kortga chiqadi.
Tashkilotchilar tomonidan turniri ishtirokchilari tasdiqlandi. Ular ATP reytingida Top-6`talikdan joy olgan: Yannik Sinner (Italiya), Karlos Alkaras (Ispaniya), Aleksandr Zverev (Germaniya), Teylor Fric (AQSH), Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) va Novak Jokovich (Serbiya).
O'tgan yili Six Kings Slam turnirida sayyoramizning birinchi raketkasi Yannik Sinner bosh sovrinni qo'lga kiritgandi. O'shanda musobaqaning sovrin jamg'armasi 6 million AQSH dollarini tashkil etgandi. Bu yilgi turnir mukofot jamg'armasi hali oshkor qilinmagan.
Fikrlar