So’nggi yangiliklar

09:15Бивол: "Кроуфорд ҳозир дунёнинг энг яхши боксчиси" 0 08:54Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади 0 08:33Хавьер Мендес: "ММА Доғистонда биринчи рақамли спорт тури, бунга Хабиб ва унинг отаси сабабчи" 0 08:12Мамлакат рекордчиси Элдорбек Усмонов пул мукофоти билан тақдирланди 0 07:51Бугун Зарруҳ Адашев уч йиллик танаффусдан кейинги илк жангини ўтказади 0 07:30U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум 0 02:05Акмалжон Исроилов ЖЧдаги илк жангини ўтказди 0 01:49Асадхўжа Мўйдинхўжаев ЖЧнинг чорак финал йўлланмасига эга чиқди 0 00:13Шодиёржон Мелиқўзиев ҳам ЖЧ чорак финалига йўл олди 0 23:37Бокс. Ўзбекистон ЖЧдаги илк медални нақд қилди! 0 22:48Ғалабали серия давом этади: Сабина Бобоқулова ҳам ЖЧ кейинги босқичида 0 19:20Жавоҳир Умматалиев чорак финалга йўл олди, навбатдаги рақиб жиддий! 0 18:29ЖЧ-2025. Миразизбек Мирзахалилов эронлик рақибига дарс бериб қўйди - боксчимиз чорак финалда! 0 18:21Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум 0 18:00Исроил Мадримов қозоғистонлик бокс юлдузига қарши жанг қилишга тайёр 0

08 sen 11:15
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi katta tarkibda Osiyo chempionatiga yo'l oldi

Teglar :  Osiyo chempionati
Xabar berganimizdek, 11-14 sentyabr kunlari Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida o'smirlar va yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Qita birinchiligida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi musobaqa manziliga jo'nab ketdi. Dzyudochilarimiz to'liq tarkibda Osiyo chempionati medallari uchun tatamiga chiqishadi. 

O'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati 11-12 sentyabr kunlari o'tkaziladi va unda 21 davlatdan jami 196 nafar (111 o'smir, 85 qiz) dzyudochi o'z mahoratini namoyish etadi.    

Malumot uchun, o'tgan yili Koreya Respublikasining Mungyong shahrida o'tgan kadetlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 6 ta oltin, 4 ta kumush, 6 ta bronza medali bilan umumjamoasi hisobida 2-o'rinni egallagandi. Mezbonlar bor yo'g'i 1 ta bronza ko'pligi (6 ta oltin, 4 ta kumush, 7 ta bronza) evaziga birinchi bo'lishgan edi.   


Terma jamoamiz tarkibi (o'smirlar)

-50 kg: Muhammadqodir SHodmonov

-55 kg: Abubakir Sattorov 

-60 kg: Muhammadkarim Nosirov 

-66 kg: Sanjarbek Ashurov 

-73 kg: Sadulla Ravshanov

-73 kg: Dulat Turdiyarov 

-81 kg: Kamronbek Qodirov 

-90 kg: Inomjon Bahodirov 

-90 kg: Jo'rabek Eshpo'latov 

+90 kg: Alibek Durdiev


Terma jamoamiz tarkibi (qizlar)

-40 kg: Mohinur Olloberganova

-40 kg: Dilafruz Boltaboeva

-44 kg: Dinora Hasanova

-48 kg: Nargiza Do'stmamatova

-52 kg: Nigina Umrzoqova 

-57 kg: Maftuna Ahmedova

-57 kg: Gulsanam Hazratova

-63 kg: Zuhraxon Umarova

-70 kg: Intizor Uzakbaeva

+70 kg: Zarina Bobonazarova

Bosh murabbiy - Aurelian CHiprian Flis

Murabbiylar - SHarofiddin Lutfullaev, Gelaniy Ozdaev, Zokirjon Sobirov 

SHifokor - Gulzoda Hakimova

Massajchi - Topiljon Marufboev

Terma jamoa menejeri - Asadbek Zokirjonov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing