09 sen 23:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. O'zbekiston JCHdagi ilk medalni naqd qildi!
Britaniyaniing Liverpul shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqada ayollar o'rtasidagi bahslarning -70 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Aziza Zokirova chorak finalda germaniyalik Leonie Myullerga qarshi ringga ko'tarildi.
To'liq davom etgan jangda Aziza osonlik bilan 5:0 hisobida g'alabaga erishdi va yarim finalga yo'l oldi.
Aziza Zokirova yarim finalga chiqish orqali JCH medalini naqd qildi. Endi bu medal sifatini yaxshilash kerak bo'ladi.
Zokirovaning yarim final jangi 13 sentyabr kuni Avstraliya vakilasi Lekeysha Pergolitiga qarshi o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar