10 sen 09:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Bivol: "Krouford hozir dunyoning eng yaxshi bokschisi"
Prof boksning yarim og'ir vazn toifasida rossiyalik jahon chempioni Dmitriy Bivol AQSH vakili Terens Krouford haqida fikr bildirdi.
"Krouford ajoyib bokschi, u shunchaki yaxshi emas, zo'r. Menimcha, u haqida boks darsliklarida yozishlari kerak. Ha, Terens hozir dunyodagi eng yaxshi bokschi, chunki u ikki vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni", deya Bivolning so'zlaridan iqtibos keltiradi DAZN nashri.
Krouford 14 sentyabr kuni Las-Vegasda super o'rta vaznning meksikalik chempioni Saul Alvares bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : DAZN
Fikrlar