So’nggi yangiliklar

19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0 17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 15:11"У чарчади". Топурия Махачевнинг UFC'да ярим ўрта вазнга ўтиши сабабини айтди 0 14:50Хабиб Нурмагомедов фаолиятини якунлаган Жон Жонсга мурожаат қилди 0 14:29"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи 0

19 dek 11:36
Yangiliklar

Regbi

O'zbekiston Regbi federaciyasi Ijroiya qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi

O'zbekiston Regbi federaciyasi raisi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o'rinbosari Sodiq Safoev boshchiligida federaciya Ijroiya qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Videokonferencaloqa rejimida o'tkazilgan Ijroiya qo'mitasining yig'ilishida tashkiliy masala ko'rib chiqildi. O'zbekiston Regbi federaciyasi birinchi vice-prezidenti lavozimiga O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri o'rinbosari Alisher Narbaev, O'zbekiston Milliy universiteti prorektori Fayzulla Dumaev Ijroiya qo'mita azosi etib saylandi. SHuningdek, Ziyoviddin Badriddinov O'zbekiston Regbi federaciyasi Ijroiya qo'mitasiga saylandi.

Bundan tashqari, O'zbekiston Regbi federaciyasi Nizomidagi o'zgarishlarni tasdiqlash masalalari ko'rib chiqildi. Osiyo Regbi federaciyasi "Asia Rugby" ga, " IRB" esa " World Rugby" ga o'zgartirildi.

Qolaversa, federaciya va viloyat regbi federaciyalari o'rtasidagi funkciyalar ham o'zgardi. Majburiyat va vazifalarni qayta ko'rib chiqish va funkciyaning bir qismini mintaqaviy federaciyalarga topshirishga qaror qilindi.

Sodiq Safoev Ijroiya qo'mitasi azolari va O'zbekiston Regbi federaciyasi birinchi vice-prezidenti saylanishi to'g'risida fikr bildirar ekan, mamlakatimizda regbi sportini rivojlantirish va xalqaro musobaqalarda katta yutuqlarga erishishda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qo'yilgan vazifalarni bajarish muhimligini takidladi.

Regbi sport turini yanada rivojlantirish maqsadida ayollar o'rtasida 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayollar jamoalari o'rtasida regbi musobaqasini o'tkazish masalasi ham ko'rib chiqildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing