So’nggi yangiliklar

19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0

05 sen 15:48
Yangiliklar

Sambo

O'zbekiston sambo associaciyasi "Osiyo bolalari"da sovrindor bo'lgan sportchilarimizni taqdirladi + FOTO

Teglar :  Sambo
Xabaringiz bor, shu yilning 27 iyul - 8 avgust kunlari Rossiya Federaciyasining Vladivostok shahrida "Osiyo bolalari" VII xalqaro o'yinlar tashkil etilgandi.

Ushbu musobaqada O'zbekiston sambo terma jamoasi azolari ham ishtirok etib, delegaciyamiz hisobiga 1 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo'shib qo'yishgandi. 

Mazkur g'alaba O'zbekiston sambo associaciyasi tomonidan ham etirof etildi. Bugun associaciya binosida sportchilarni taqdirlashga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi. Unda O'zbekiston sambo associaciyasi raisi Alisher Alimov, rais o'rinbosari Islom Adilov, terma jamoamiz bosh murabbiyi Roman SHakirov, ayollar terma jamoasi murabbiyi Ekaterina Bliznecova, associaciya xodimlari, sovrindor sportchilar va ularning yaqinlari ishtirok etishdi. 

Sportchilarni tabriklar ekan, Alisher Alimov ushbu medallar terma jamoamiz uchun muhim ahamiyat kasb etgani, navbatdagi musobaqalarda sambochilarimizdan bundanda yuksak natijalar kutilishini alohida qayd etdi. 

SHundan so'ng sambochilarimizga esdalik sovg'alari topshirildi. 

Eslatib o'tamiz, "Osiyo bolalari"da quyidagi sportchilarimiz sovrindor bo'lishgandi: 

Oltin: 

-58 kg: Islom Abduzokirov


Kumush: 

-44 kg: Diyora Namozova

-54 kg: Fotima Musaeva


Bronza:

-41 kg: Bibixonim Odilova

-47 kg: SHaxzoda Sadullaeva 

-46 kg: Nemat Xudayberganov

-49 kg: Asadbek Matyakubov

-64 kg: Azamat Ablokulov 

-79 kg: Dierbek Kuchkanov 


O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing