15 avg 07:32
Yangiliklar
Sambo

Sambochilarimiz Butunjahon o'yinlarini 8 ta medal bilan yakunlashdi
Xitoyning CHendu shahrida Butunjahon o'yinlari davom etmoqda.
Musobaqaning sambo bellashuvlari O'zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli kechdi. Vatanimiz sambochilari musobaqa yakuniga ko'ra, 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi.
Jamoaviy bahslarda qizlarimiz oltin, yigitlarimiz bronza medal qo'lga kiritganliklari, ahamiyatga molik natijadir.
Delegaciyamiz hisobiga medal qo'shib qo'ygan sportchilarimiz:
Oltin medallar:
-54 kg: Gulsevar O'roqova
-59 kg: SHahzoda Azatova
O'zbekiston ayollar terma jamoasi (jamoaviy)
Kumush medallar:
-65 kg: Feruza Boboqulova
-80 kg: Mavluda Abdullaeva
Bronza medallar:
-72 kg: Madina Salohiddinova
-79 kg: SHarif Kushaev.
O'zbekiston erkaklar terma jamoasi (jamoaviy).
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar