23 apr 10:48
Yangiliklar
Sambo

CHiroqchilik faxriy sambochilar Osiyo-Okeaniya chempionatida 3 ta medal qo'lga kiritishdi
Xabaringiz bor, poytaxtimiz sambo bo'yicha Osiyo-Okeaniya chempionatiga mezbonlik qildi.
Musobaqada qitamizning yigirma beshga yaqin mamlakatidan 600 nafardan ortiq sambochi turli yosh toifalarida medallar uchun kurash olib borishdi. Osiyo chempionatida sambochilarimiz umumiy hisobda 69 ta oltin, 29 ta kumush, 45 ta bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi.
G'olib va sovrindorlar safidan Qashqadaryo viloyati CHiroqchi tumanining faxriy polvonlari ham joy olishdi. Xususan, 50-54 yosh toifasida +98 kg vaznda CHiroqchi sport maktabi direktori Anvar Jo'raev kumush medal, 60-65 yosh toifasi va 88 kg. da Bahriddin Yarmatov oltin, 40-45 yoshlilar o'rtasida 98 kg. da Bahodir Davronov bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar