So’nggi yangiliklar

19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0 18:08"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми? 0 17:45UFC Аспиналл учун жанг ташкил этиш борасида ишламоқда, даъвогар маълум 0 17:23Топурия нега Царукян UFC 317’дан кейин чемпионлик жангида қатнашмаслигини айтди 0 17:00"Жонс барчани кутишга мажбур қилди" - Ислам Махачев 0 16:38Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди 0 16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0 15:54Ўзбекистон Кубогининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТО 0 15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0 13:54Ислам Махачев кейинги жангини қаерда ва қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0

26 jan 10:47
Yangiliklar

Kurash, Stol tennisi

O'zbekiston stol tennisi federaciyasi Surxondaryo viloyatiga sport jihozlarini taqdim etdi

Teglar :  stol tennisi
Mamlakatimizda aholi salomatligini yanada mustahkamlash, navqiron avlodni har tomonlama barkamol bo'lib voyaga etishi uchun sportga yuksak etibor qaratilmoqda.

Buning natijasida nafaqat poytaxtimizda balki yurtimizning barcha hududlarida sport va jismoniy tarbiya bilan shug'ullanish uchun imkoniyatlar yaratilmoqda. Ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan farzandalirmiz, o'zlari tanlagan sport turlari bilan muntazam shug'ullanib, xalqaro arenalarda Vatan sharafini yanada yuksaltirmoqda.

Jumladan, bugungi kunda yoshlarimizning eng sevimli sport turiga aylangan stol tennisi bilan muntazam shug'ullanishlari uchun O'zbekiston stol tennisi federaciyasi samarali ishlar olib bormoqda. Avvalo federaciya viloyat bo'limlari va yurtimizning chekka-chekka hududlaridagi to'garaklarga barcha kerakli inventarlar etkazib bermoqda. O'zbekiston stol tennisi federaciyasi mazkur sport turini yanada ommalashtirish, yosh sportchilarni tajribali tennischilar qatoriga qo'shish maqsadida Surxandaryo viloyati bo'limiga stol tennisi uchun kerakli bo'lgan sport inventarlarini etkazib berdi. 

–  Bizning maqsadimiz yoshlarimizni sport orqali salomatliklarini yanada yaxshilash va ularni kelgusida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qiladigan sportchi sifatida kamol toptirishdir, – deydi O'zbekiston stol tennisi federaciyasi raisi Saida Mahmudova. – Biroq har bir sportchidan yuqori natija talab etish uchun, avvalo, unga kerakli bo'lgan shart-sharoitlar yaratishdir. SHu sababli ham biz birinchilardan bo'lib viloyat bo'limlarimizga doimiy etibor qaratib kelmoqdamiz.

Umid qilamanki, mazkur imkoniyatlardan foydalangan tennischilarimiz Olimpiya o'yinlari va jahon hamda qita chempionatlaridan yurt bayrog'ini yuqoriga ko'taradi.

O'zbekiston stol tennisi federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing