So’nggi yangiliklar

15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:15"Манчестер Юнайтед" тарихида илк бор ушбу ҳолатга тушиб қолди 0 12:44Конор Макгрегор: "Холлоуэйни бир оёқда ҳам енгардим" 0 12:11Ковингтон UFC жангчилари ва Zuffa боксчилари ўртасидаги мукофот фарқи учун Дана Уайтни танқид қилди 0 11:40Жаҳонгир Зокиров "Zuffa"даги жанги учун Ар-Риёдга етиб борди 0 11:09Ўзбекистон – Саудия Арабистони учрашуви учун чипталар нархи маълум бўлди 0 10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0 10:07Самбо бўйича юбилей 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун беллашувларидан ёрқин ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:36Ёшлар Олимпиадаси. Боксчимиз кореялик рақибасини техник нокаутга учратди + ФОТО 0 09:05А Серия. Етакчилар баҳсида "Интер"нинг қўли баланд келди + ВИДЕО 0

28 may 15:52
Yangiliklar

Stol tennisi, Fotogalereya

Toshkentda stol tennisi bo'yicha "WTT Youth Contender Tashkent 2025" xalqaro musobaqasi boshlandi (FOTOGALEREYA)

Teglar :  Stol tennisi
Poytaxtimiz Toshkent shahri yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qilishni boshladi.

Toshkent shahridagi "Humo Arena" sport majmuasida stol tennisi bo'yicha “WTT Youth Contender Tashkent 2025” musobaqasi bo'lib o'tmoqda. Ushbu nufuzli turnir Jahon stol tennisi (World Table Tennis – WTT) taqvimidan o'rin olgan bo'lib, yoshlar o'rtasidagi eng yirik xalqaro turnirlardan biridir.



Turnirda dunyoning 16 davlatidan 300 dan ziyod yosh tennis ustalari (U11, U13, U15, U17 va U19 yosh toifalarida) ishtirok etmoqda. Ular orasida Markaziy Osiyo davlatlari qatorida Janubiy Koreya, Hindiston, Angliya, Avstraliya, Eron, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlar vakillari bor.



WTT Youth Contender turnirida ishtirok etish yosh sportchilar uchun xalqaro reytingni oshirish, WTT tasnifida yuqori o'rinlarni egallash, tajriba to'plash va kelajakda WTT Star Contender hamda Grand Smash kabi yirik turnirlarga yo'llanma olish imkonini beradi.



“Bu turnir nafaqat yosh sportchilar, balki mamlakatimizda stol tennisini yanada rivojlantirish, yosh avlodni sog'lom turmush tarziga jalb etish va O'zbekistonni xalqaro sport xaritasida o'rnini mustahkamlashga xizmat qiladi”, – dedi O'zbekiston stol tennisi federaciyasi bosh kotibi Gavharxon Muqaddasova.

“WTT Youth Contender Tashkent 2025” musobaqasi O'zbekistonda stol tennisini ommalashtirish va yosh avlodni xalqaro maydondagi nufuzli musobaqalar uchun tayyorgarligini sinab olishda muhim ahamiyatga ega. Bunday turnirlarni mamlakatimizda o'tkazish orqali yosh tennischilarimiz o'z mahoratlarini oshirish, tajriba almashish va katta sportdagi yo'llarini boshlash imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Bellashuvlar 31 mayga qadar davom etadi. 


Musobaqaning 1-kunidan suratlarni tomosha qiling: 

FOTO: Aziz To'xtamurodov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing