01 iyu 07:44
Yangiliklar

Toshkentda stol tennisi bo'yicha “Youth Contender” turniri yakunlandi (FOTOGALEREYA)
"Humo Arena" mezbonlik qilgan musobaqaning so'nggi kuni ham qizg'in kurashlar ostida kechib, bellashuvlarni Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi va mamlakat stol tennisi federaciyasi rahbariyati ham kuzatib bordi va taqdirlash marosimida ishtirok etdi.
Qiziqarli bahslar yakunida hamyurtlarimiz qator dasturlarda sovrinli o'rinlarni egallashdi. Jumladan, U15 yosh toifasida malayziyalik Hong An Li bilan juftlik hosil qilgan hamyurtimiz Adelina Hasanova oltin medalni qo'lga kiritdi. Bu uning musobaqadagi ikkinchi medali bo'ldi.
SHuningdek, U19 toifasida yigitlar o'rtasidagi mikst dasturida Xurshid Ahmedov va Asel Erkebaeva kumush medallar bilan taqdirlanishdi. SHu tariqa, 16 mamlakatdan 300 nafardan ortiq sportchi qatnashgan turnir o'z yakuniga etdi.
So'nggi kundan olingan suratlarni tomosha qiling.
FOTO: Aziz To'xtamurodov
Fikrlar