So’nggi yangiliklar

10:39Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан”ни енгиб, гуруҳ ғолиб сифатида плей-оффга чиқди 0 10:18Икки теннисчимиз Қайсеридаги юришини ғалаба билан бошлади 0 09:57Ямайкалик енгил атлетикачилар оммавий равишда Туркия сафига ўтишяпти 0 09:36Усик ва Дюбуа мутлақ чемпионлик жанги орқали қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 09:15Эшитдик-да! Ислом Исмоилов тез орада "Нефтчи"да иш бошлайди 0 08:54Нафақага чиққан Жонс янги иш бошлади 0 08:33Мексика мустақиллигига бағишланган Noche UFC турнирининг асосий жанги эълон қилинди + ПОСТЕР 0 19:02"Ким бундай қилган?" Теренс Кроуфорд P4P рейтингидаги ўрнидан норози 0 18:39Бобир Абдихолиқов ва Жасур Жалолиддинов "Сумқайит"ни тарк этишди 0 18:17"Ва-банкка бораман". Топурия Оливейрани қандай қилиб финиш қилмоқчи эканлигини айтди 0 17:51TUF 33 шоусида Фурқатбек Ёқубовни мағлуб этган Алиби Идрис ҳамюртимизга мурожаат қилди + ВИДЕО 0 17:30Топурия Оливейрани биринчи раундда нокаут қилмоқчи бўлмоқда. Чарльз эса бунга муносабат билдирди 0 17:07Гарет Саутгейт энди рицар! 0 16:46Умар Кремлёв: "IBA'нинг стратегик мақсади Россияни дунё бокс майдонига айлантириш" 0 16:25Истборн (WTA). Остапенко, Радукануда ғалаба, Кенин ютқазди ва бошқа натижалар 0

12 jan 07:44
Yangiliklar

Velosport

O'zbekiston velosiped sporti federaciyasida 2021 yil rejalari muhokama qilindi

2021 yil barcha qatori O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi uchun ham masuliyatli hisoblanadi.

SHu bois mavsum oldida turgan rejalar, Olimpiya yilida qilinadigan ishlar, yurtimizda velosiped sporti turlarini yanada rivojlantirish va ushbu sport bilan shug'ullanuvchilar sonini ko'paytirish, sportchilarimizni yirik musobaqalarga tayyorlash kabi masalalarga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

O'zbekiston velosiped sporti federaciyada bo'lib o'tgan yig'ilishni federaciya bosh kotibi Kozim O'rinboyxo'jaev olib bordi. Unda terma jamoamiz murabbiylar shtabi, federaciya xodimlari ishtirok etgan bo'lishsa, viloyatlar bo'limlari onlayn platforma orqali yig'ilishni kuzatib borishdi.

Kozim O'rinboyxo'jaev dastavval ortda qolgan 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar bo'yicha qisqacha to'xtalib, karantin cheklovlari kuchaytirilgan davrda ham faoliyat olib borgan mutasaddilarga tashakkur aytib o'tdi. SHundan so'ng kun tartibidagi asosiy masalalarga to'xtalib o'tdi. 

Unga ko'ra, Respublikamizda faoliyat olib borayotgan trenerlar malakasini oshirish, yangi tashkil qilinadigan VMX yo'nalishi bo'yicha maxsus bo'limlar ochish va unga malakali mutaxassislarni jalb qilish, viloyat federaciyalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, Respublikamiz bo'ylab xalqaro velopoygalar tashkil qilish, asosiysi Tokio Olimpiadasiga yo'llanma olgan 2 nafar sportchilarimiz Olga Zabelinskaya hamda Murodjon Xolmurodovlarni 4 yillikning nufuzli musobaqasiga puxta tayyorlash kabi mavzular atroflicha muhokama qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing