So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

26 iyu 08:33
Yangiliklar

Boks/MMA

Meksika mustaqilligiga bag'ishlangan Noche UFC turnirining asosiy jangi elon qilindi + POSTER

13 sentyabr kuni AQSHning San-Antonio shahrida navbatdagi UFC turniri o'tkaziladi va bu event Meksika davlati mustaqilligiga bag'ishlanadi.

UFC rahbari Dana Uaytning rasmiy ravishda xabar berishicha, yarimengil vaznda jang o'tkazib kelayotgan braziliyaliklar Diego Lopes va Jin Silva Noche UFC 3, yani UFC Fight Night 259 turnirining markaziy jangida oktagonga ko'tarilishadi. Turnir 13 sentyabr kuni AQSHning Texas shtati, San-Antonio shahridagi Frost Bank Center arenada o'tkaziladi. 

Odatdagidek, ushbu turnir 16 sentyabr kuni - Meksika mustaqilligi kuniga bag'ishlab tashkil etiladi va tabiiyki, karddagi jangchilarning ko'pchiligini aynan shu yurt aralash yakkakurash ustalari tashkil etib beradi. Bu hisob bo'yicha uchinchi Meksika turniri bo'lib, bundan avvalgilarining asosiy janglari mos ravishda Aleksa Grasso va Valentina SHevchenko (Noche UFC) hamda SHona O’Melli va Merab Dvalishvili (Noche UFC 2) o'rtasida mahobatli "Sfera" arenada o'tkazilgandi.

Malumot uchun, Diego Lopes (26-7) shu yilning aprel oyida Iliya Topuriya vakant qoldirgan chempionlik kamari uchun kechgan jangda Aleks Volkanovskiga yutqazib qo'ygandi. Jin Silva (16-2) esa UFC oktagonida hali mag'lubiyat nimaligini bilmay kelyapti. Dana Uayt Davogarlar turniri orqali dunyoning eng kuchli ligasiga qo'shilgan Silva ketma-ket 5 ta jangda zafar quchdi. 

Ayni paytda Diego Lopes yarimengil vazn UFC reytingida ikkinchi, Silva esa 11-o'rinni egallab turibdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing