25 iyu 17:51
Yangiliklar
Boks/MMA

TUF 33 shousida Furqatbek Yoqubovni mag'lub etgan Alibi Idris hamyurtimizga murojaat qildi + VIDEO
Bugun The Ultimate Fighter 33 shousining navbatdagi qismi namoyish etildi.
Unda o'ta engil vazn toifasidagi qozog'istonlik Alibi Idris O'zbekiston vakili Furqatbek Yoqubov bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
"Furqatbekga alohida rahmat. Birodar, sizni hurmat qilaman! Bunday tajriba uchun "rahmet". Biz yaxshi shou namoyish qildik. O'zbekiston, Qozog'iston – bu qardosh xalqlar. Bu bor-yo'g'i sport. Men og'aynimni yaxshi ko'raman. Aytganimdek, uni Aktobeda kutyapman. Xuddi u meni Dubayda kutayotgani singari. Tez orada uchrashamiz, In SHa Alloh! O'zbekiston, Furqatbekdek munosib o'g'lingiz, munosib jangchingiz borligidan faxrlansangiz bo'ladi!", dedi Idris.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar