So’nggi yangiliklar

20:11Ўзбекистон Осиё чемпионати 1/2 финалига чиқиш баробарида Жаҳон чемпионати йўлланмасини ҳам қўлга киритди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:43Тоғли Дукентда машғулотлар жадал суратда давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:22Миллий терма жамоамиз Мужу Гран-При Челленжерида иштирок этади 0 18:01Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади? 0 17:40Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов яна очко олди 0 17:19Спорт вазири ўринбосари "Содиқ хизматлари учун" медали билан тақдирланди 0 16:58Нурсултон Рўзибоев Хамзат Чимаевнинг жамоасидаги машғулотлари ҳақида гапирди 0 16:37Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади 0 16:16Рамазон Темировнинг укаси ATFC турнирида жанг қилади 0 15:55Чунгвон Чой Бутунжаҳон таэквондо федерацияси Президентлигига ягона даъвогар сифатида кўрсатилди 0 15:34LFA билан шартнома имзолаган Азизбек Темиров кейинги жангини Тошкентда ўтказади 0 15:13Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди 0 14:52Исроил Мадримов: "Баҳона йўқ, ўша куни Ортис кучлироқ бўлганди" 0 14:31Бутунжаҳон ўсмирлар Олимпиадасида муваффақиятли иштирок этган шахматчиларимиз муносиб кутиб олинди 0 14:10IBF чемпиони Опетая оғир вазнга ўтиши мумкин 0

13 avg 08:50
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekistonda hakamlik faoliyatini rivojlantirish yo'lida navbatdagi qadam tashlandi

O'tgan yili O'zbekiston boks federaciyasi hakamlar va musobaqa rasmiylari faoliyatini rivojlantirish maqsadida o'z strategiyasini ishlab chiqqan edi.

 Ushbu loyiha doirasida o'tgan yilning dekabr oyida Toshkent shahrida IBAning ko'zga ko'ringan instruktorlari, tajribali referilari ishtirokida seminarlar tashkil etilgandi. 

Mazkur loyihaning davomi sifatida viloyatlarda ham O'zbekiston boks federaciyasi mutaxassislari tomonidan seminarlar tashkil etilmoqda. SHu kunlarda Namangan shahrida vodiy viloyatlari, shu jumladan Farg'ona, Namangan, Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahridan hakamlikka 50 nafardan ortiq nomzod uchun seminar bo'lib o'tmoqda. 

Seminar O'zbekiston boks federaciyasi hakamlar hayyati raisi Bekjon Yusupov, O'zbekiston boks federaciyasi ijrochi direktori SHohid Tillaboev, federaciya mutaxassisi Mirsolih Sagatov tomonidan tashkil etilgan. 

Ushbu seminar 11-14 avgust kunlariga mo'ljallangan. Seminar dasturidan nazariy va amaliy darslar o'rin olgan. Dastlabki ikki kunda nazariy mashg'ulotlar o'tkazilsa, yana ikki kun amaliy mashg'ulotlarga bag'ishlanadi. Qayd etish lozimki, amaliy mashg'ulotlar shu kunlarda Namangan mezbonlik qilayotgan yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston kubogi doirasida o'tkaziladi. Seminar yakunida o'tilgan mavzular yuzasidan imtihon ham tashkil etiladi va sinovlardan muvaffaqiyatli o'tganlar uchun maxsus sertifikatlar taqdim etiladi. 

Bunday seminarlarning keyingisi Voha viloyatlari bo'ylab tashkil etilishi rejalashtirilgan. 

O'zbekiston boks federaciyasi ushbu loyiha orqali mamlakatimizda tashkil etiladigan viloyat birinchiliklari, O'zbekiston chempionatlari va kuboklari uchun yaxshi saviyadagi hakamlar etkazib berish, ularning saviyasini ko'tarish va federaciya qoshidagi hakamlik korpusini mustahkamlashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing