So’nggi yangiliklar

02:28Янник Синнер - "Уимблдон" чемпиони! 0 02:24"Челси" - клублар ўртасидаги жаҳон чемпиони! 0 18:48Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер 0 18:24"UFC'дагилар Анкалаев ютқазишини сўраб илтижо қилиб ўтиришганди" - менежер 0 18:06Усик бугунги куннинг энг кучли боксчиси кимлигини айтди 0 17:45Холлоуэй: "Иккита трилогияда 0:3 ҳисобида ютқазган спортчи бўлишни хоҳламайман" 0 17:24Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди 0 17:03Усик ўз фаолиятидаги 5 та асосий воқеани санаб берди 0 16:42"Нима учун йўқ?". Менежер Махачевнинг Топурияга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 16:21"Делла Маддалена — Махачевнинг фаолиятидаги энг қийин рақиб" 0 16:00МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди 0 15:39"Забит ММАга қизиқмай қўйди" - Абдел-Азиз 0 15:18Наоя Иноуэ - Муроджон Аҳмадалиев оқшоми чипталари сотувга чиқди 0 14:57Дана Уайт: "Оқ уйдаги UFC турнирини Трампнинг қизи Иванка ташкил қиляпти" 0 14:36Месси 6 ўйинда 11 та гол урди 0

01 noy 15:39
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekni sindirishga chaqirganmi jahon chempionatiga? O'zbekistondan birorta tirik jon borganmi, haqqini talab qiladigan? – SHahobiddin Zoirovning mag'lubiyatini muxlislar qanday qabul qilishdi?

Teglar :  SHahobiddin Zoirov
Jahon chempionatida hamyurtlarimizning kechagi bahslarini boshlab bergan SHahobiddin Zoirov g'alati qarorlar bilan turnirni tark etdi.

Olamsport.com saytida bokschimiz haqidagi xabarlarga ko'plab izohlar qoldirilgan. Hozir biz saytimizning Telegram va Instagram tarmoqlarida qoldirilgan izohlarni tahrirlagan holda etiboringizga havola etamiz. 

-Murabbiylarimizning aybi bilan, to'g'rirog'i, noto'g'ri hisob-kitob bilan yutqazdi. 2 raunddan keyin 20:18, 20:18 va 3 raundda 29:19 bo'lib turibdi. Nega urushmaydi 3 raundda. Engdim deb o'ylab qoldi, murabbiylar noto'g'ri malumot berishdi SHahobga. Bu erda hakamlarni nima aybi bor? 3 raundda urushmay qochib yursa ham SHahobga berish kerakmidi?

-Oy malades deguncha sal bo'lsa ham harakat qil deyish kerak edi, 3 raundda harakat qilmadi SHahobiddin. Bunga hakamlar emas yaqqol murabbiylar aybdor.

-Qanaqasiga jahon chempioni, Olimpiada chempioni hakamlarga baholash uchun imkon berishi kerak. Hammasiga o'zi aybdor. Konkret urib tashlamaysanmi… Znachit fizika yaxshimas.

-Bokschilarmiz manzilga etib kelishdi.

-SHahram, Hasanboy yutqazgan edi, SHahobiddin yutdi, bunisi haqiqiy nohaqlik.

-O'laaaa… Mana boskchilarni uy-joy, 200 minglab dollar va qimmatbaho mashinalar berib erkalatib yuborishni oqibati.

-Bizni bokschilarimizga xos gapda, rahmatli Hojiboy Tojiboevni fermerlar haqidagi gaplari. Mag'lub bo'lsa hakamlar aybdor, g'olib bo'lsa bo'lsa o'zini kuchini bilan engib chiqqan bo'ladi. Qachon bu sportchilarimiz va muxlislarimiz haqiqatni tan olisni o'rgan ekana?

-Bularni tadbirga emas, zalga jo'natish kerak.

-Bokschilarni erkalatib yubordi Prezident har biriga mashina berib. Semirdi. Jamoani almashtirish kerak.

-Murabbiylar vaziyatni bokschimizga tushuntirolmagani rost, 2 raunddan keyin vaziyat qaltisligini yani 3 ta hakam 19-19 hisob qayd qilayotgan payt har bir sinchkov muxlis yurakni ushladi, lekin murabbiylarimizning ko'rsatmalarida vaziyat aniq etkazilmadi, nega? Bosh murabbiy o'zgarganligi uchunmi? O'zi shunday ham hakamlik masalasi asosiy planda bo'lgan payt nimaga bunday qilindi, javob kutamiz federaciyadan! Bokschilarimizning ham tayyorgarligi yaxshi emas Kuba bilan mayin mashg'ulot orqali vaqtni befoyda o'tkazdik deb o'ylayman. Zoirov, Do'smatov singari bokschilarimizdan umidimiz katta edi, ammo ularning formasi 2 yil oldingidek emas, nimaga? Saidjamshid, Nodirdan oltin kutsak bo'ladi menimcha.

-Xohlaymizmi yo'qmi SHahobiddinning davri o'tdi. Yoshlarga o'rinni berish kerak.

-O'zbekistondan birorta tirik jon borganmi, haqqini talab qiladigan? Hammayoqni haromlab tashladiku hakamlari. O'zbekni sindirishga chaqirganmi jahon chempionatiga?

-Eeee ja zzzzzz qildinglar «hakamlar, hakamlar» deb ming'irlab. Yutqazdi, o'zini aybi bilan yutqazdi. Bahona qidirmasdan «yutqazdi» deb tan olinglar.

-Zoirovni ko'ziga qaradinglarmi? Bunaqa bo'lishi mumkinmi degandek.

-Qozoq mafiyasi bor. O'sha erda yuribdi, ringni yonida. Kecha ruslarni ham olib chiqishdi. Yutqazib ham yutib ketdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
01 noy 21:34:47
Олимжон Сидиқов
"2 раунддан кейин 20:18, 20:18 ва 3 раундда 29:19 бўлиб турибди"- шу жойини тахрир қилишда асл мазмунни бўзиб қўйибсизлар "2 раунддан кейин 20:18, 20:18 ва 3та хакамда 19:19 бўлиб турибди" деб фикр билдирилганди. Шу ерда мураббийлар Шохобга 2 раунддан кейин сен ютябсан деб айтишди, лекин вазият қалтислигини, 3-раундда ютқазса жанг бой берилишини айтишмади. Менимча мураббийлар хам 1-раундда хакамлар 3:2, 2-раундда 4:1 Шохобни фойдасига очко беришганини эштгану, лекин 1-раундда Шохобга очко берган хакам, 2-раундда рақибга очко бериши натижасида 3та хакамда хисоб тенглашиб қолганига эътибор беришмади, натижада Шохобга сен ютясан деб айтишди, у эса охирги раундда уришмай кучини тежашга ўтди. Натижаси хаммага маълум...
-1   
01 noy 17:15:21
SPRINTERshashist
Уринли фикрлар бор
-2   
01 noy 16:01:24
Юлдуз
Расво килди хакамлар нохаклик бу????
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing