13 iyu 18:24
Yangiliklar

"UFC'dagilar Ankalaev yutqazishini so'rab iltijo qilib o'tirishgandi" - menejer
"Aleks yaxshi jangchi. Lekin Ankalaev 2–3 yil avvalroq chempion bo'lishi kerak edi. Aleks umuman chempion bo'lmasligi kerak edi. Ular qayta jang qilishadi, ehtimol oktyabrda. Bu safar Aleks uchun bundan ham yomon bo'ladi.
Aleks o'zi kuchli, lekin endi Ankalaevda o'ziga bo'lgan ishonch yuqori. Pereyra hech qachon elita zarbachilar bilan jang qilmagan.
Ankalaev parterda ham, tik turib ham jang qilishi mumkin. U Pereyrani qiyin ahvolga solib qo'ydi, Pereyra esa unga munosib javob bera olmadi. Endi unda ishonch bor. Bu kuchli his.
Menimcha, Ankalaev hozir juda xavfli. Aleks 38 yoshda, doim safarlarda yuribdi. Uning ajoyib murabbiyi bor, lekin hozir Ankalaevning davri. Xanter Kempbell, Mik Meynard va UFC uni sekinlatdi, lekin endi ular nima bo'lishini bilishadi. Ular uning yutqazishini tilab, iltijo qilib o'tirishgan", - dedi menejer Pound 4 Pound podkastida.
Fikrlar