14 iyu 02:28
Yangiliklar
Tennis

Yannik Sinner - "Uimbldon" chempioni!
"Katta dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" turniri o'z yakuniga etdi.
Musobaqaning erkaklar o'rtasidagi final bahsida dunyoning birinchi raketkasi, italiyalik Yannik Sinner ispaniyalik Karlos Alkarazga qarshi kortga chiqdi.
3 soat 6 daqiqa davom etgan finalda Sinner 4:6, 6:4, 6:4, 6:4 hisoblarida g'alaba qozondi va musobaqa g'olibiga aylandi.
Sinner ushbu g'oliblik orqali 2000 reyting ochkosi va 3 million funt sterling mukofot puli ishlab oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar