13 iyu 15:39
Yangiliklar
Boks/MMA

"Zabit MMAga qiziqmay qo'ydi" - Abdel-Aziz
MMA menejeri Ali Abdel-Aziz UFC sobiq jangchisi Zabit Magomedsharipov haqida fikr bildirdi.
"Zabit qaytmaydi. U Yair Rodrigesga qarshi jangni 3–4 marta qabul qildi, lekin keyin rad etdi. U MMAga qiziqishini yo'qotdi. Buni faqat UFC xodimlari aybi deb bilmayman — mening ham aybim bor. Men jangni tashkil qilishga qattiq urindim. Endi u o'z biznesiga, oilasiga ega. Unga boshqa kerak emas", — dedi menejer Pound for Pound podkastida.
Havola :
Manba : Pound 4 Pound
Fikrlar