13 iyu 14:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt: "Oq uydagi UFC turnirini Trampning qizi Ivanka tashkil qilyapti"
UFC prezidenti Dana Uayt Oq uyda bo'lib o'tishi kutilayotgan turnir haqida malumot berdi.
"Jamoam allaqachon Oq uyda bo'lgan. Barcha logistika jihatlarini ko'rib chiqdik. Hozir reja ustida ishlayapmiz. Taqdimotni bir-ikki hafta ichida prezident Trampga taqdim etishimiz mumkin.
U ushbu turnirni elon qilgan kuni qizini — Ivankani masul qilib tayinladi. U tadbirni tashkil qilyapti. Men Ivanka bilan avval ham ishlaganman — natijasi yaxshi bo'lgan. Endi biz butun loyihani shaxsan prezidentga taqdim qilishni kutayapmiz", — dedi Uayt.
Avvalroq Dana Uayt bu turnirda Konor Makgregor va Jon Jons ishtirok etishi mumkinligini aytgandi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar