So’nggi yangiliklar

19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0

27 mar 12:46
Yangiliklar

Tadbirlar

“O'zDJTSU 65 yoshda” nomli megatanlov g'oliblari taqdirlandi. Ular orasida saytimizning ikki muxbiri ham bor + FOTO

Teglar :  O'zDJTSUTanlov
Bugun 27 mart kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida universitet Kengashining navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda “O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 65 yoshda” nomli megatanlov g'oliblari taqdirlandi.

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasining jismoniy tarbiya va sport, ilmu marifat hamda talim-tarbiya sohasidagi yutuqlarni keng yoritish, universitetda ko'p yillar faoliyat ko'rsatgan, ibratli hayot yo'lini bosib o'tgan fidoiy ustozlar, sportchilar to'g'risida jamoatchilikni keng tanishtirish maqsadida “O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 65 yoshda” nomli megatanlov 2020 yilning 1 iyunidan boshlab elon qilindi.

Tanlov milliy va hududiy bosma ommaviy axborot vositalari, internet ommaviy axborot vositalari, axborot agentliklari, radio va telekompaniyalar jurnalistlari o'rtasida “Eng yaxshi jurnalistik material” hamda oliy talim muassasalarining professor-o'qituvchilari, talabalari o'rtasida “Eng yaxshi maqola” nominaciyalari bo'yicha 2020 yilning 1 iyunidan 31 avgustga qadar o'tkazildi.

Megatanlovning ahamiyatli jihati barcha professor-o'qituvchilarini hamda talaba-yoshlarini ommaviy axborot vositalarida, internet saytlarida va  universitet saytida oliygohning tarixi va buguni aks etgan maqolalar bilan faol ishtirok etishini taminlash maqsadida tashkil etildi. Mana shu kabi tanlovlar universitetimiz tarixi va sport sohasida, talim tizimida tutgan o'rnini talaba-yoshlarga etkazibgina qolmasdan ularning o'zi talim olayotgan oliygohdan faxrlanib yurishlari uchun zamin yaratishi shubhasiz, – deydi universitetning O'quv ishlari bo'yicha prorektori I. Ahmedov

Ushbu tanlovning “Eng yaxshi jurnalistik material” nominaciyasiga milliy va hududiy bosma ommaviy axborot vositalari, internet ommaviy axborot vositalari, axborot agentliklari, radio va telekompaniyalar jurnalistlari tomonidan 50 dan ortiq  materiallar elektron va bosma shaklida kelib tushdi. Afsuski, koronavirus pandemiyasi sabablimi oliy talim muassasalarining professor-o'qituvchilari hamda talabalari “Eng yaxshi maqola” nominaciyasida ko'ngildagidek ishtirok etmadi.

Tadbirda Megatanlovning “Eng yaxshi jurnalistik material” nominaciyasi bo'yicha:

O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Sport» teleradiokanali» davlat unitar korxonasi «Bolalar sporti, ommaviy sport va xalq o'yinlari» bosh muharririyatining bosh muharrir o'rinbosari Akbarali Allaev 1-darajali diplom; 

- Olamsport.com sayti muxbiri Ilhom Rahmonov 2-darajali diplom; 

- “Sport”,   “Sport+”, “O'zbekiston futboli” gazetalari bosh muharriri Mirzahakim To'xtamirzaev  va Olamsport.com sayti muxbiri Aziz To'xtamurodovlar 3-darajali diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

SHuningdek, Megatanlovning oliy talim muassasalarining professor-o'qituvchilari hamda talabalari o'rtasida o'tkazilgan “Eng yaxshi maqola” nominaciyasi bo'yicha faol ishtirok etgan CHirchiq davlat pedagogika instituti katta o'qituvchisi Lutfullo Axatov va Ajiniyoz nomidagi NukusDPI, Jismoniy madaniyat fakulteti, Xotin-qizlar sporti yo'nalishining 3-bosqich talabasi Dildora Qurbonovalarga universitetning tashakurnomasi taqdim etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing