So’nggi yangiliklar

11:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг 0 10:51UFC on ESPN 70 турнирининг карди аниқ бўлди 0 10:30Арман Царукян нима учун Илия Топурияни кучсиз жангчи деб ҳисоблашини айтди 0 10:09Жаҳон кубоги. Иккинчи кунда 2 ғалаба ва 1 мағлубият, қозоқ боксчиси мағлуб этилди 0 09:48Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги 1/4 финалчи аниқланди + ВИДЕО 0 09:27Уимблдон турнири тарихида зарба тезлиги бўйича рекорд ўрнатилди 0 09:06Президент топшириғи билан пара велоспортчимиз Фотима Саиповага уй совға қилинди + ФОТО 0 08:45Илия Топурия UFC'да P4P рейтинги етакчиси бўлган ўнинчи спортчига айланди 0 07:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" "Ювентус"ни енгиб, 1/4 финалга йўл олди + ВИДЕО 0 19:40Абдел-Азиз ижтимоий тармоқларда: "Махачев. Тез орада" 0 19:17Жейк Пол WBA рейтингида ТОП-15'га киритилди 0 18:53"Рома" мухлислари рекорд миқдорда абонемент сотиб олди 0 18:30Царукян Топурияга жавоб қайтарди: "Қўрқув бу - ҳақиқий рақибдан қочиш" 0 18:07Афруза Ҳамдамова Қозоғистондаги турнирдаги ғолиблик орқали 51 балл ишлаб олди 0 17:45"Идеал вариант". Илия Топурия кейинги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0

26 sen 17:02
Yangiliklar

Bolalar sporti

“Pahlavon avlod” sport majmuasida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishamiz

Teglar :  XivaGulshan
Xorazm viloyati Xiva tumani “Gulshan” mahallasi yoshlari jismoniy tarbiya va sportni juda sevadi.

Tabir joiz bo'lsa aytish kerak, mahallaning sport bilan shug'ullanish istagida bo'lgan yoshlari qishning sovug'ida, yozning jazirama issig'ida bir necha chaqirim yo'l bosib Xiva shahridagi bolalar-o'smirlar sport maktabiga qatnashgan.

“Pahlavon avlod” oilaviy korxonasi tashabbusi bilan davlat-xususiy sherikchilik asosida mahalla markazida qarovsiz qolgan stadion o'rnida ko'p qirrali zamonaviy sport majmuasi bunyod etilgan. Majmuada gandbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, badminton maydonchalari, suniy qoplamali mini futbol maydoni, kurash va trenajyor zal, shuningdek, yugurish yo'lakchasi va uzunlikka sakrash sektori ham mavjud. Takidlash joiz mazkur sport majmua xalqaro talablar asosida jihozlangan.
Sport majmuasining yana bir etiborli jihati shundaki bu erda favvora suhbatlashish ayvoni va bolalar attrakcionlarini qamrab olgan “Dam olish xiyoboni” ham tashkil etilgan.

Ayni damda bu erda etti nafar kishi doimiy ish o'rni bilan taminlangan. Sport majmuada 5 nafar trener qo'l ostida 15 guruxda 180 nafar o'quvchi yoshlar (42 nafar qizlar) shug'ullanib kelishmoqda. SHundan, 2 nafar oliy, 3 nafari o'rta maxsus malumotga ega bo'lib, ularning 1 nafari 1-toifali, 4 nafar mutaxassis trener-o'qituvchilar hisoblanadi. Takidlash lozim, ushbu murabbiylarning barchasida trenerlik faoliyatini olib borish uchun maxsus ruxsatnoma mavjud.

Paxlavon avlod sport maktabiga 600 million so'm mablag' sarflangan holda shunday ko'rkam va zamonaviy ko'rinishga kelgan.

Paxlavon avlod sport maktabiga qarashli 25/12 o'lchamdagi 1 ta sport inshooti mavjud bo'lib, bundan tashqari echinish va dush xonalari talab darajasida barpo etilgan. 

Sport maktabida 5 ta (og'ir atletika, erkin kurash, futbol, karate, pauerlifting) olimpiya sport turi,  3 ta (og'ir atletika, erkin kurash, futbol) 2 ta (pauerlifting, karate ) noolimpiya sport turlari faoliyat ko'rsatayotgan bo'lib, inshootning bir kunlik 180 nafar o'quvchini o'z bag'riga sig'dira oladi.

2019 yildan shu kunga qadar sport maktabida shug'ullanuvchi yoshlar O'zbekiston chempionati va kuboglarida ishtirok etib 2 ta oltin, 2 ta kumush hamda 4 ta bronza medallarini qo'lga kiritishgan.

Endilikda Xiva tuman “Gulshan” mahallasida bunyod etilgan majmuadan “Oqyop”, “Qoraqum”, “Eski” “Qiyot”, “Bo'ston” va “Doshyoq” mahallalari aholisi foydalanishi mumkin. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing