So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

31 may 12:49
Yangiliklar

Velosport

Xivada Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlangan 6 yoshgacha bolalar o'rtasida velomarafon o'tkazildi

Teglar :  VelosportXiva
Bugun, 31 may kuni Xiva shahrida maktabgacha yoshdagi bolalar o'rtasida velomarafon bo'lib o'tdi.

Takidlash joizki, bolalar va o'smirlarni ekologik, jismoniy tarbiya va sportga ommaviy jalb qilish masalalari O'zbekiston Respublikasi hukumatining doimiy etiborida bo'lib kelmoqda.

3-loyiha: Loyihaning navbatdagi uchinchi bosqichi, yani 2023-yilning 31-may kuni Xiva shahrida rejalashtirilib, Xiva shahridagi 18 ta pilot davlat maktabgacha talim tashkilotlaridagi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 500 ta begovellar bilan taminlandi.

Umumiy hisobda 3 ta loyiha doirasida jami 1 400 ta begovel Toshkent shahar, Samarqand shahar, Xiva shahar maktabgacha talim tashkilotlariga taqdim etilgan bo'lib, ushbu loyiha doirasida bosqichma-bosqich keyingi yillarda hududlardagi maktabgacha talim tashkilotlariga ham begovellar taqdim etilishi nazarda tutilgan.

Bolalar velomarafonining asosiy maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil transport turidan foydalanish sohasida barqaror ko'nikmalarni rivojlantirish, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar o'rtasida velosportni ommalashtirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va xulq-atvor madaniyatini oshirish, yo'l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga o'rgatishdan iboratdir.

Velomarafonda ishtirok etgan bolalar esdalik medallari, sovg'alar bilan taqdirlandilar, shuningdek, ular uchun ko'ngilochar dastur tashkil etilib, turli tanlov va o'yinlarda ishtirok etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing