So’nggi yangiliklar

18:48Икки нафар енгил атлетикачимиз Осиё чемпионатида совриндор бўлди 0 18:27"Челси" учинчи либосини тақдим этди + ФОТО 0 18:06Уокер Анкалаевдан реванш олишни илинжида 0 17:45Энг ёш UFC жангчиси Рауль Росас UFC Noche турнирида ўзидан деярли 20 ёш катта рақибга қарши октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 17:24Руслан Абдуллаев ўзининг WBA камарини қабул қилиб олди (ВИДЕО) 0 17:03"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди 0 16:42Нодирбек Якуббоев Польшадаги нуфузли турнирда пешқадамлик қилмоқда 0 16:21Чимаев навбатдаги рақиби ким бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:00Александр Усик: "У мен билан жангга тайёр. Мен-чи?" 0 15:39Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари сабаб Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда 0 15:33Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби аниқ...ми? (ФОТО) 0 15:18Хабиб Нурмагомедов UFC’нинг 40 млн долларлик таклифини рад этди 0 14:57Олимпиада чемпиони Иман Хелиф гендер можаролари туфайли фаолиятини якунлади 0 14:36U-16 Бутунжаҳон Ўсмирлар Олимпиадасида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди 0 14:15Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум 0

06 iyu 13:11
Yangiliklar

Parataekvondo bo'yicha terma jamoa azolariga antidoping qoidabuzarlik turlari tushuntirildi

O'zbekiston Milliy antidoping agentligi Parij-2024 olimpiya va paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarining har tomonlama tayyorligi va muvaffaqiyatli ishtirokini taminlash maqsadida joylarda o'quv-seminarlari tashkil etilmoqda.

Kecha parataekvondo sport turi bo'yicha terma jamoa azolariga Milliy antidoping agentligi mutaxassislari tomonidan «Antidoping qoidabuzarlik turlari» mavzusida o'quv-seminar o'tkazildi.

Seminar davomida L.Umedova sportchi, murabbiylarga sportda taqiqlangan modda, uning metaboliti yoki markerining sportchidan olingan sinamada mavjudligi, sportchi tomonidan taqiqlangan uslubni qo'llash va qo'llashga urinish, doping-test topshirishdan bosh tortish, qarshilik ko'rsatish, tashrif buyurmaslik, sportchi tomonidan ADAMS tizimida malumot taqdim etish tartibini buzish, sportchi hamda uning personali tomonidan doping-nazoratining barcha bosqichida soxtalashtirish yoki soxtalashtirishga urinish to'g'risida tushunchalar berildi.

Tadbir davomida sportchilar, murabbiy va sport shifokorlariga mavzu bo'yicha slaydlar yordamida qiziqarli malumotlar berildi hamda ishtirokchilar doping nazorat qoidalari, Butunjahon antidoping agentligi (VADA) tomonidan taqiqlangan moddalar to'g'risida ham malumotlarga ega bo'lishdi.

Malumot uchun aytib o'tmoqchimiz, ushbu terma jamoa azolariga yil boshidan beri ikkinchi marotaba kompleks tarzda o'quv-seminarlar o'tkazilishi. Bu esa, albatta sportchilarimizni halol sportga undash, har-xil yod g'oyalardan asrashga xizmat qiladi.

Unutmang, dopingga qarshi kurash har bir insonning asosiy vazifasi bo'lishi lozim!

Milliy antidoping agentligi Axborot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing