So’nggi yangiliklar

11:31Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2`га тушириб юборилди 0 11:10Оғир атлетикачиларимиз ўсмирлар ва ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашади 0 10:49Итаума - Баколе, Ортис - Эннис, Сепеда - Круз жанглари бир оқшомда! 0 10:28Нодирбек Абдусатторов Хорватиядаги турнирда иштирок этади, Магнус Карлсен ҳам 0 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги 1/8 финалчилар маълум 0 09:46ИНТЕРВЬЮ. Жасур Алижонов шогирдлари иштирокидаги сўнгги воқеликлар ҳақида 0 09:25Гэтжи мухлислар билан мусобақада Ferrari 812 GTS машинасини ютиб олди 0 09:04Турки ал аш-Шейх Муроджонга ишонмаяптими? Араб пулдори Иноуэга оид кейинги режаларини айтди 0 08:43Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди + ВИДЕО 0 08:22Жаҳонгир Нажмиддинов ATFC 22 турнирида жанг қилади (ПОСТЕР) 0 08:01Ўзбекистон Кубогининг биринчи кун ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТО 0 19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0

22 dek 18:57
Yangiliklar

Bolalar sporti

Poytaxtimizda yangi sport majmuasi foydalanishga topshirildi, uning ochilishida vazir ishtirok etdi

So'nggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, aholining barcha qatlamlari orasida jismoniy madaniyatni yuksaltirish, qolaversa, xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan sportchilar uchun barcha sharoitlarni yaratishga jiddiy etibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan yoshlar manaviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchisi bevosita jismoniy tarbiya va sportga yo'naltirilgan bo'lib, unda yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish ko'zda tutilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 yanvardagi "2020 — 2022 yillarda O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ—4565-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 iyuldagi 654—F-sonli Farmoyishi bilan Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani Amir Temur ko'chasi “Sultoniya” mahallasida zamonaviy, qulay va ixcham sport majmuasi qurib, foydalanishga topshirildi.

Sport majmuasi qurilish sohasidagi ilg'or texnologiyalarni amalga tatbiq etgan holda, engil konstrukciyali va zamonaviy sendvich panellari asosida qurilgan bo'lib, o'lchami 18x30 metr bo'lgan mazkur sport zalining qurilishiga qariyb 2,5 mlrd. so'm mablag' sarflandi.

Bugun ushbu sport majmuasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, Mirzo Ulug'bek tumani hokimi SHavkatbek Ergashev, mahalla faollari hamda ommaviy axborot  vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Ochilish marosimida so'zga chiqqan Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiev tadbir ishtirokchilari va mahalla aholisini yangi, ko'rkam sport majmuasi faoliyat boshlagani bilan qizg'in tabrikladi.

SHundan so'ng yangidan qad rostlagan sport majmuasida mahalla sportchilari ishtirokida boks va taekvondo bo'yicha ajoyib chiqishlar namoyish etildi.

SHuni alohida takidlash kerak, sport majmuasining barpo etilishida g'isht o'rniga sendvich panellaridan foydalanish natijasida qurilish tarnarxi o'rtacha 450-500 mln. so'mga arzonlashgan bo'lsa, qurilishning davomiyligi 1,5-2 oygacha qisqardi. 

Endilikda bu maskanda shu atrofda istiqomat qiluvchi 100 nafardan ortiq o'g'il-qizlar sportning boks, taekvondo hamda shaxmat-shashka turlari bilan muntazam shug'ullanish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Kelgusida bu kabi sport inshootlarini mamlakatimizning deyarli har bir mahallasida barpo etish orqali yosh avlod, qolaversa aholining barcha qatlamlarini sog'lom turmush tarziga jalb etish maqsad qilingan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing