20 avg 17:32
Yangiliklar
Futbol

PSJ va "Atletiko" yaponiyalik futbolchi uchun kurashmoqda
"Real Sosedad"ning qanot hujumchisi Takefusa Kubo faoliyatini TOP klublarning birida davom ettirishi mumkin.
Yaponiyalik hujumchiga PSJ va "Atletiko" jamoalaridan jiddiy qiziqish bo'lmoqda. Futbolchining transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda.
Kubo Ispaniya klubi safida 2022 yildan beri harakat qilib keladi. 24 yoshli futbolchi "Real Sosedad" safida jami 138 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 24 ta gol va 18 ta golli uzatma bor.
Havola :
Fikrlar