So’nggi yangiliklar

18:48Икки нафар енгил атлетикачимиз Осиё чемпионатида совриндор бўлди 0 18:27"Челси" учинчи либосини тақдим этди + ФОТО 0 18:06Уокер Анкалаевдан реванш олишни илинжида 0 17:45Энг ёш UFC жангчиси Рауль Росас UFC Noche турнирида ўзидан деярли 20 ёш катта рақибга қарши октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 17:24Руслан Абдуллаев ўзининг WBA камарини қабул қилиб олди (ВИДЕО) 0 17:03"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди 0 16:42Нодирбек Якуббоев Польшадаги нуфузли турнирда пешқадамлик қилмоқда 0 16:21Чимаев навбатдаги рақиби ким бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:00Александр Усик: "У мен билан жангга тайёр. Мен-чи?" 0 15:39Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари сабаб Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда 0 15:33Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби аниқ...ми? (ФОТО) 0 15:18Хабиб Нурмагомедов UFC’нинг 40 млн долларлик таклифини рад этди 0 14:57Олимпиада чемпиони Иман Хелиф гендер можаролари туфайли фаолиятини якунлади 0 14:36U-16 Бутунжаҳон Ўсмирлар Олимпиадасида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди 0 14:15Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум 0

10 iyu 19:07
Yangiliklar

Boks/MMA

Qahramonovning ishonchli g'alabasiga Merab Dvalivashvili, Belal Muhammad va UFC chempioni Aljemeyn Sterling munosabat bildirdi

Xabaringiz bor, bugun tongda AQSHning Las-Vegas shahrida hamyurtimiz Saidyoqub Qahramonov UFC promoushenidagi ikkinchi jangini o'tkazdi.

Ronni Lourensni mag'lub etgan taniqli aralash yakkakurash ustamiz ko'pchilikning etiborini tortgani shubhasiz.

Jumladan, aynan Saidyoqubning vazni — eng engil vazn chempioni Aljemeyn Sterling hamyurtimizning jangda yaqqol ustun bo'lganini takidladi:


Bundan tashqari, gruziyalik taniqli jangchi Merab Dvalivashvili ham hamyurtimizni qo'llab-quvvatladi. Qizig'i, Merab ham Saidyoqub bilan bir vaznda harakat qiladi. Uning keyingi raqibi Joze Aldo.

Qolaversa, yana bir UFC jangchisi Terens Makkinni ham Qahramonovning g'alabasiga munosabat bildirib, uning ismini eslab qolish kerakligini, chunki u muammo bo'lishini takidlagan:


Hamyurtimizning jangiga UFC olamidagi mashhur jurnalistlar ham munosabat bildirishgan. Jumladan, MMA Fighting nashri muhbiri Mayk Heyk Saidyoqubning haqiqatan ham mehnat qilganini, uning kuchli kurashchi ekanini takidlagan:


MMA sharhlovchisi Adam Martin esa Ronni Lourensning teykdaunlardan 100 % himoyalana olgani, biroq Qahramonovning grepplingda yaqqol ustunlik qilganini yozgan:


Yana bir taniqli MMA muhbiri Aleks Beunin ham Terens Makkinni kabi Saidyoqubning muammo bo'la olishini, qolaversa eng engil vaznda yangi "killer" paydo bo'lganini takidlagan:


Eurosport nashri jurnalisti Marsel Dorf esa "Kodi Garbrant qaerda?", - deya Saidyoqubni qo'llab-quvvatladi:


Saidyoqubning o'zi esa g'alabasiga munosabat bildirar ekan, buyog'iga endi hurmat qilishlari kerakligini yozib UFC'ga murojaat qildi:


Bundan tashqari, jangchimiz Ronni Lourensni qo'llabb-quvvatlagan Gilbert Byornsni "troll" qildi:


SHuningdek, samarqandlik jangchimizni yarimo'rta vaznda UFC jangchisi, taniqli Belal Muhammad, Bellator chempioni Raufen Stots, so'nggi jangida Deyvisen Figeredoga mag'lub bo'lgan Aleks Perez hamda Liliya SHakirova tabriklashgan.



Reyting: +4   

Fikrlar

   
10 iyu 21:04:22
Farruxbozorboyev906@gmail.com
Mana buni yangilik desa bóladi Saidyokub champion UFC ni hurmat qilishdan boshqa iloji ham qolmadi omad champion
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing