So’nggi yangiliklar

18:48Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер 0 18:24"UFC'дагилар Анкалаев ютқазишини сўраб илтижо қилиб ўтиришганди" - менежер 0 18:06Усик бугунги куннинг энг кучли боксчиси кимлигини айтди 0 17:45Холлоуэй: "Иккита трилогияда 0:3 ҳисобида ютқазган спортчи бўлишни хоҳламайман" 0 17:24Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди 0 17:03Усик ўз фаолиятидаги 5 та асосий воқеани санаб берди 0 16:42"Нима учун йўқ?". Менежер Махачевнинг Топурияга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 16:21"Делла Маддалена — Махачевнинг фаолиятидаги энг қийин рақиб" 0 16:00МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди 0 15:39"Забит ММАга қизиқмай қўйди" - Абдел-Азиз 0 15:18Наоя Иноуэ - Муроджон Аҳмадалиев оқшоми чипталари сотувга чиқди 0 14:57Дана Уайт: "Оқ уйдаги UFC турнирини Трампнинг қизи Иванка ташкил қиляпти" 0 14:36Месси 6 ўйинда 11 та гол урди 0 14:15Эдди Хирн Жейк Пол ва Энтони Жошуа ўртасидаги эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 13:54ESPN Espy "Йилнинг энг яхши жангчиси"ни аниқлади. У Махачев ёки Топурия эмас! 0

29 dek 11:59
Yangiliklar

Boshqalar

Qamashida qo'l jangi musobaqasi o'tkazildi + FOTO

Teglar :  Qo'l jangiQamashi
Qamashi tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi va Tuman bolalar-o'smirlar sport maktabi hamkorligida qo'l jangi sport turi bo'yicha ochiq birinchilik tashkil etildi.

Qamashi tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi hamda tuman bolalar-o'smirlar sport maktabi hamkorligida qo'l jangi sport turi bo'yicha bolalar-o'smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari va tuman Temurbeklar maktabi o'quvchilari o'rtasida sakkiz vazn toifasida o'tkazilgan musobaqada 152 nafar (shundan qizlar 30 nafar)dan  ziyod sportchi ishtirok etdi.

Musobaqalarning yakuniy natijalariga ko'ra, umumjamoa hisobida yoshlar o'rtasida 1-o'ringa Mirsaid Saydullaev murabbiyligidagi BO'SM qo'l jangi sport turi bo'limi jamoasi, ikkinchi o'ringa Husniddin Sobirdinov murabbiyligidagi BO'SM qo'l jangi bo'limi jamoasi, uchinchi o'ringa Qamashi tuman Temurbeklar maktabi jamoalari sazovor bo'ldi.

Tuman bolalar-o'smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari va Qamashi tuman Temurbeklar maktabi o'quvchilari o'rtasida umumjaoa hisobida birinchi o'rin BO'SM-1 jamoasi, ikkinchi o'rin tuman BO'SM-2 jamoasi uchinchi o'rin tuman Temurbeklar maktabi jamoalariga nasib etdi.

 Musobaqa davomida o'z tashabbusi bilan ishtirok etgan viloyat Milliy gvardiya qo'riqlash boshqarmasi xodimlari ham o'z hissasi qo'shishdi.

Yuqori saviyada bo'lib o'tgan mazkur ochiq birinchilik musobaqasida g'olib va sovrindorlar viloyat Milliy gvardiya qo'riqlash boshqarmasi va tuman bolalar-o'smirlar sport maktabi tomonidan diplom, tegishli medal hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

– Sportning qo'l jangi turini ommalashtirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib etish hamda sportchilarni rag'batlantirish maqsadida o'tkazilgan musobaqa yuqori saviyada tashkil etildi, – deydi viloyat Milliy gvardiya qo'riqlash boshqarmasi kadrlar bo'limi boshlig'i Nurbekjon Hamidov. – Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o'tgan musobaqalarda eng munosiblar g'oliblar qatoridan joy oldi.

Faxriddin CHoriev, Qamashi tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi bosh inspektori  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing