13 iyu 13:54
Yangiliklar

ESPN Espy "Yilning eng yaxshi jangchisi"ni aniqladi. U Maxachev yoki Topuriya emas!
Eng engil vaznda amaldagi UFC chempioni Merab Dvalishvili birozgina kutilmaganda ushbu nominaciya g'olibi deb topildi. ESPN saytida ochiq tarzda o'tkazilgan so'rovnomada gruziyalik aralash yakkakurash ustasi eng ko'p ovoz to'plashga muvaffaq bo'ldi.
U so'rovnomada o'rta vazn chempioni Drikus Dyu Plessi, ayollar o'rtasida o'ta engil vaznda UFC kamari sohibi Kayla Xarrison hamda engil vazn toifasida sobiq promoushen chempioni Islam Maxachevni ortda qoldirdi.
Qizig'i, vazn toifasidan qati nazar dunyoning eng yaxshi UFC jangchisi Iliya Topuriya bu so'rovnomada ishtirok etmagan. Bunda so'rovnomada ishtirok etgan jangchilarning 2024 yilning 1 iyulidan 2025 yilning 20 iyunigacha bo'lgan vaqtdagi natijalari inobatga olingan.
Merab Dvalishvili bu ko'rsatilgan muddatda 3 ta chempionlik jangida g'alaba qozondi. O'tgan yilning sentyabr oyida SHon O’Mellidan kamarni tortib oldi. Keyin rossiyalik Umar Nurmagomedovga qarshi jangda kamarini ilk bor himoya qildi. Yaqinda SHonga qarshi o'tkazilgan revansh jangida amerikalikni yana taslim etdi.
ESPN Espy Awards 2025 g'oliblari rasman 16 iyul kuni tantanali taqdirlash marosimida elon qilinadi.
Fikrlar