So’nggi yangiliklar

19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0

16 okt 18:10
Yangiliklar

Bolalar sporti

Qashqadaryo: zamonaviy talablarga javob beradigan suv sport markazi haqida

Teglar :  QashqadaryoNasaf
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi sobiq Nasaf o'yingohi o'rnida davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy arxitektura loyihalariga muvofiq Suzish markazi foydalanishga topshirilgan.

Ushbu majmua qurilishi uchun 52 mlrd. so'm mablag' sarflangan bo'lib, suv sporti saroyi xalqaro talablarga mos ravishda, eng so'nggi rusumdagi suvni isitish-tozalash uskunalari bilan jihozlangan.

Qarshi shahridagi suv sporti saroyining o'ziga xos jihatlaridan biri, bu sport saroyida milliy mentalitetimizdan kelib chiqqan holda o'g'il bolalar va qizlar uchun alohida 2 ta suzish havzasi barpo etilgan.

Qashqadaryo viloyatining suzish bo'yicha terma jamoalari (o'smirlar, qizlar, yoshlar va kattalar) mazkur suv sporti saroyida mashg'ulotlarni olib borishadi.

Ushbu sport majmuasidan O'zbekiston chempionati hamda xalqaro sport musobaqalarini o'tkazish, jahon chempionatlari hamda Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish maqsadida foydalaniladi.

Bu erda suzish bilan shug'ullanish uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo'lib, zamonaviy fitnes (trenajyor) zali ham mavjud. Mazkur suv sporti saroyi bir kunda 240 nafar aholiga xizmat ko'rsatish imkoniyatiga ega.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing