So’nggi yangiliklar

18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0 13:45Истборн турнири бош соврини океан ортига кетадиган бўлди 0 13:24Илия Топурия кетма-кет 17-жангда ғалаба қозонди 0 13:03Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади 0

20 okt 13:34
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlarimizning yig'ini davom etmoqda

Karantin qoidalari asta-sekin yumshatilishi bilan, joriy yilning 20 sentyabridan qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari to'laqonli mashg'ulotlarga qaytishdi.

Jumladan, shpaga va sablya yo'nalishlari bo'yicha terma jamoamiz Toshkent shahridagi «Umid» va rapirachilar esa Milliy qilichbozlik klubi zalida kuniga ikki mahaldan o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazishmoqda.

O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi matbuot xizmatining malum qilishicha, shifokor Sardor Sadikov sportchilarning sog'ligini doimiy ravishda nazorat qilib boryapti. Yig'inda barcha karantin qoidalariga rioya qilinmoqda.

- Mazkur yig'in oldinda bo'lib o'tadigan respublikamiz miqyosidagi musobaqalar hamda Osiyo va jahon chempionati, shuning jahon kubogi va boshqa xalqaro turnirlarga sifatli va puxta tayyorgarlik bosqichi vazifasini o'tab beradi - deydi qilichbozlik bo'yicha milliy terma jamoamizning sablya yo'nalishi bo'yicha murabbiyi Yorqin Yo'ldoshev. – Uzoq tanaffusdan so'ng tashkil etilgan ushbu yig'inda asosan qilichbozlarimizning jismoniy formasini tiklash va ularning psixologik holatlaridan kelib chiqib, g'alaba sari ruhlantirishga alohida etibor qaratilmoqda.

Mashg'ulotlarni kuzatar ekanmiz, sportchilarning murabbiylari ko'rsatmalarini alo kayfiyatda bajarayotganliklarini guvohi bo'ldik.

Malumot uchun, qilichbozlik bo'yicha o'quv-mashg'ulotlar yig'ini 31 oktyabrga qadar davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing