So’nggi yangiliklar

19:56Волейбол. Йигитларимиз 4-турда Аргентинага имкониятни бой беришди 0 19:09Чендлер нима учун Топурия Царукян билан жанг қилмоқчи эмаслигини айтди 0 18:48ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади" 0 18:24Де Риддер: "30 кун соҳилда дам оламан, сўнгра Чимаев ва дю Плессини мағлуб этаман" 0 18:01Царукян ММА билан шуғулланиш учун дунёдаги энг яхши жой қаерда эканлигини айтди 0 17:39"Қасос олишни хоҳлайман" — Холлоуэй Топурияга қарши жангни истамоқда 0 17:16"Реал" Винисиус Жуниор ўрнига Холандни олиб келмоқчи 0 16:52Хабиб нима учун Жон Жонс билан яқин муносабатда бўлмаганини тушунтирди 0 16:26Роппа-роса бир йил олдин Диёра Келдиёрова Олимпиада чемпиони бўлган эди 0 16:02Баҳодир Жалолов: "Ўйлаганимдек бўлмади... Биз давом этамиз!" 0 15:41Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси 0 15:20Факт: Богдан Гусков UFC'да жанг қилган ўзбекистонликлар орасидаги энг яхши натижани қайд этди 0 14:59Формула-1. Пиастри Бельгиядаги пойгада тенгсиз! 0 14:38Шавкат Раҳмоновнинг рафиқаси ва фарзанди ЙТҲга учради, ҳодиса оқибатида вафот этганлар борлиги айтилмоқда 0 14:14"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда 0

24 fev 14:58
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik. Toshkentdagi Osiyo chempionati oldidan matbuot anjumani o'tkazildi + FOTOGALEREYA

Teglar :  Qilichbozlik
Bugun poytaxtimizda qilichbozlik bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati boshlandi.

4 martga qadar davom etadigan ushbu musobaqada qitamizning eng sara yosh qilichbozlari g'oliblik uchun bahs olib borishadi. Bugun bellashuvlar bo'lib o'tayotgan Singapur menejmentni rivojlantirish institutida (MDIS) musobaqaga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda Osiyo qilichbozlik konfederaciyasi prezidenti SHayx Salim bin Sulton Al Qosimi, Pan Amerika qilichbozlik konfederaciyasi prezidenti Vitaliy Logvin, MDIS rektori Jasur Salihov, O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi bosh kotibi Gulnora Saidova, shuningdek, bir qator rasmiylar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Dastavval, Sulton Al Qosimi musobaqaning ahamiyati haqida gapirib o'tdi.

“SHuni alohida takidlamoqchimanki, O'zbekiston hukumati qilichbozlik bo'yicha o'tkaziladigan xalqaro musobaqalar va tadbirlarimizni qo'llab-quvvatlab, uni yuqori saviyada tashkil etishimizda yordam beradi. Buning uchun mamlakatingizga tashkilotimiz nomidan chuqur minnatdorchiligimizni yo'llamoqchimiz. Musobaqa qitamizning yosh yulduzlarini kashf etish yo'lida juda muhim”, – dedi OQK rahbari.

SHundan so'ng asli o'zbekistonlik Vitaliy Logvin xalqaro maydonda o'zbek qilichbozligining erishib borayotgan muvaffaqiyati xususida gapirdi:

“Avvalambor, men uchun qadrli O'zbekistonda bo'lganimdan mamnunman. Har gal Toshkentga kelar ekanman, ulkan o'zgarishlarga guvoh bo'lyapman. Bu mamlakat prezidenti olib borayotgan islohotlarining samarasi. Buni birgina qilichbozlik sportida ham ko'rayotganimizni alohida etirof etmoqchiman. O'zbek qilichbozligi bir necha yil avval yangi tug'ilish davrini boshladi va tez suratlarda ijobiy natijalarga erishmoqda. Zaynab Dayibekova misolida aytishimiz mumkinki, bu terma jamoa vakillarini katta kelajak kutmoqda”.

Anjuman davomida Gulnora Saidova rivojlanish strategiyasi yo'lida tuzilgan rejalar bilan o'rtoqlashdi.

“Ulkan yutuqlarga erishish yo'lida ushbu sport turining mamlakatimizdagi ommaviyligini oshirish ham juda muhim. Bu yo'lda dastlab yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi turli nufuzli musobaqalarni o'tkazyapmiz. Ularda to'plangan tajriba orqali kelgusida kattalar toifasidagi turnirlarni qabul qilamiz. Aytish mumkinki, xalqaro federaciya hozirdanoq bir qator musobaqalarni bizga ishonib topshirmoqchi. Rejamizda kelasi yildan kattalar o'rtasidagi Jahon kubogini qabul qilish maqsadi bor”, – dedi federaciya bosh kotibi.

Anjumanda institut rektori bu kabi xalqaro musobaqalarni qabul qilish orqali talabalar orasida ommaviy sportni yanada targ'ib qilish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish ko'zda tutilganiga alohida to'xtaldi. SHuningdek, OAV vakillari ushbu musobaqa va uning atrofidagi tadbirlar bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Osiyo chempionati doirasida bugun o'smir qizlar rapira, yigitlar esa shpaga hamda sablya qurollarida g'oliblik uchun bahs olib borishmoqda, deyiladi MOQ matbuot xizmati xabarida. 


Tadbirdan olingan suratlarni etiboringizga havola qilamiz. 

Suratlar muallifi: Alimurod Mamadaminov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing