28 iyu 16:26
Yangiliklar
Dzyudo

Roppa-rosa bir yil oldin Diyora Keldiyorova Olimpiada chempioni bo'lgan edi
Diyora o'zbekistonlik dzyudochilar orasida birinchi Olimpiada chempioni hisoblanadi.
Ungacha Armen Bagdasarov (Atlanta-96) va Abdullo Tangriev (Pekin-2008) Olimpiya o'yinlarida kumush, Rishod Sobirov uch marotaba bronza medalini qo'lga kiritgan. SHuningdek, Diyorbek O'rozboev va Davlat Bobonov hisobida ham bittadan bronza medali bor.
Keldiyorova ushbu natija orqali o'zbekistonlik ayol sportchilar orasida yozgi Olimpiadalarda birinchi oltin medalni qo'lga kiritgan ilk sportchiga ham aylangandi. Bungacha o'zbekistonlik ayol sportchilardan faqat trampolindan sakrash bahslarida Ekaterina Xilko (2008 yil, bronza) yozgi Olimpiada sovrindori bo'lgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar