So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

28 iyu 14:38
Yangiliklar

Boks/MMA

SHavkat Rahmonovning rafiqasi va farzandi YTHga uchradi, hodisa oqibatida vafot etganlar borligi aytilmoqda

Teglar :  SHavkat Rahmonov
Bu haqda Qozog'istonning "Sport SHredingera" nashri bir qancha manbalarga tayanib, xabar bermoqda.

Malum bo'lishicha, voqea 27 iyul kuni soat 08:50 da Olma-Ota-Ekaterinburg Respublika avtomagistralining 299-kilometrida yuz bergan. Qarag'anda viloyatidan Olma-Ota shahri tomon ketayotgan Toyota Land Cruiser 200 haydovchisi rul boshqaruvini yo'qotib, transport vositasini ag'darib yuborgan. Yo'l-transport hodisasi natijasida ikki kishi halok bo'lib, yana ikki kishi shifoxonaga etkazilgan.

Tengrinews.kz manbasiga ko'ra, avtomobilni Gulayim Rahmonova boshqargan. UFC jangchisi SHavkat Rahmonovning rafiqasi bo'lmish Gulayim o'g'li va do'stlari bilan Qarag'andadan Olma-Otaga ketayotgani aytiladi.

Hodisa oqibatida 39 yoshli yo'lovchi Z.A. voqea joyida vafot etgan. Yana bir yo'lovchi, 35 yoshli A.S. Mo'yinqum tuman kasalxonasiga olib ketilayotganda vafot etgan.

Rahmonova va uning uch yoshli o'g'li ham shu kasalxonasiga olib kelingan va travmatologiya bo'limiga yotqizilgan, ularning ahvoli o'rtacha og'ir deb baholanmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing