28 iyu 16:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib nima uchun Jon Jons bilan yaqin munosabatda bo'lmaganini tushuntirdi
UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov, nega afsonaviy Jon Jons bilan hech qachon yaqin munosabatda bo'lmaganini tushuntirdi.
Sababi – uning do'sti Daniel Korme va Jons o'rtasidagi nizo bo'lgan.
"Biz do'st emasmiz [Jon bilan]. Agar u bilan insoniy munosabatlar haqida gapiradigan bo'lsak, mening do'stim u bilan doim to'qnash kelgan, nizo qilgan. Men Jon bilan yaqin bo'la olmasdim va hech qachon bo'lmaganman ham. CHunki men doim Korme tomonida bo'lganman", — dedi Nurmagomedov.
Havola :
Manba : adam zubayraev
Fikrlar