28 iyu 15:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Fakt: Bogdan Guskov UFC'da jang qilgan o'zbekistonliklar orasidagi eng yaxshi natijani qayd etdi
32 yoshli aralash yakka kurash ustasi Bogdan Guskov 26 iyul kuni Abu-Dabi shahrida navbatdagi jangini o'tkazdi.
U UFC on ABC 9 turniri doirasida 33 yashar Rossiya/Ukraina vakili Nikita Krilovni birinchi raundda nokautga uchratdi.
Bu orqali Bogdan UFC'dagi beshinchi jangida o'zining to'rtinchi g'alabasini nishonladi. Ahamiyatlisi, bu mazkur tashkilotda faoliyat yuritgan o'zbekistolik atletlar orasidagi eng yaxshi natijaga aylandi. Boisi, hech bir o'zbek jangchisi UFC'da ketma-ket to'rtta g'alabaga erishmagandi.
Guskovga qadar eng yaxshi natija Mahmud Muradovga tegishli edi. Muradov 2019-2021 yillar davomida qatorasiga 3 ta jangda raqiblaridan ustun kelib, keyingi bahsida Jerald Myorshartga imkoniyatni boy bergandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar