So’nggi yangiliklar

11:31Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2`га тушириб юборилди 0 11:10Оғир атлетикачиларимиз ўсмирлар ва ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашади 0 10:49Итаума - Баколе, Ортис - Эннис, Сепеда - Круз жанглари бир оқшомда! 0 10:28Нодирбек Абдусатторов Хорватиядаги турнирда иштирок этади, Магнус Карлсен ҳам 0 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги 1/8 финалчилар маълум 0 09:46ИНТЕРВЬЮ. Жасур Алижонов шогирдлари иштирокидаги сўнгги воқеликлар ҳақида 0 09:25Гэтжи мухлислар билан мусобақада Ferrari 812 GTS машинасини ютиб олди 0 09:04Турки ал аш-Шейх Муроджонга ишонмаяптими? Араб пулдори Иноуэга оид кейинги режаларини айтди 0 08:43Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди + ВИДЕО 0 08:22Жаҳонгир Нажмиддинов ATFC 22 турнирида жанг қилади (ПОСТЕР) 0 08:01Ўзбекистон Кубогининг биринчи кун ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТО 0 19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0

07 dek 11:22
Yangiliklar

Ot Sporti

Qorabayir otlari Qarshidan Toshkentgacha bo'lgan masofani bosib o'tdi + FOTO

Teglar :  Ot sportiQorabayir
Qish faslining ilk haftasida yurtdoshlarimiz muhim tarixiy voqea, o'zbek xalqining milliy g'ururi bo'lmish qorabayir zotli otlar ishtirokida ilk marotaba tashkil etilgan marafonga guvoh bo'lishdi.

Jami 10 ta tulpordan iborat otlar karvoni qariyb bir hafta davomida 436 km masofani bosib o'tishdi.

Xalqimiz azaldan otlarni ezozlaydi. Bejiz «ot yigitning qanoti» deyishmagan ulug'lar. SHuningdek, o'g'il bolani sunnat to'yida tulpor sovg'a qilinishi zamirida ham chuqur mano mujassam. Ayniqsa, qadimdan dovrug'i doston bo'lgan qorabayir zotli otlarga dunyo ahli tomonidan qiziqish yuqori bo'lgan.

Ammo, mustabid tuzum davrida xalqimizning milliy g'ururi bo'lgan otlarga bo'lgan etibor susaydi, toza naslli qorabayir zotiga mansub tulporlar esa kamayib ketdi.

SHukrki, muhtaram yurtboshimiz SHavkat Mirziyoevning bevosita rahnamoligida yurtimizda yilqichilikni rivojlantirish, ayniqsa, qorabayir zotiga mansub toza naslli otlarni ko'paytirishga alohida etibor qaratilmoqda.


G'ururlansak arziydigan bir jihat, Vatani O'zbekiston bo'lgan qorabayir zoti jahon ot selekciyasining oltin fondiga kiritilgan. SHaxsan davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan uning genofondini saqlab qolish, naslchiligini tiklash va rivojlantirish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

 Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumanida tashkil etilgan «Qorabayir otchilik majmuasi» esa qorabayir zotli otlarni ko'paytirish va naslchilikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Majmuada 200tagacha yilqi boqilib, uchqur tulporlar etkazib berish borasida amaliy harakatlar boshlab yuborilgan. Bularning barchasi yilqichiligimiz dovrug'ini dunyoga yoyish, o'zbek chavandozlarining jahon arenalarida yuqori o'rinlarni qo'lga kiritishiga keng yo'l ochib berishiga shubha yo'q.

O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan marafonda o'n boshdan iborat qorabayir zotli otlar o'z chavandozlari bilan birgalikda Qashqadaryodan Toshkentga qadar bo'lgan 436 kilometrlik masofani bosib o'tishdi.

Marafonning so'nggi manzili etib poytaxtimizdagi Amir Temur xiyoboni belgilangan edi. Bu erda chavandozlarimiz va tulporlarni keng jamoatchilik katta tantana bilan oldi.

SHuni alohida takidlash kerak, ushbu marafon orqali qorabayir zotli tulporlar naqadar chidamli va har qanday iqlim sharoitiga moslashuvchan ekanligini dunyoga ko'z-ko'z qildik. Galdagi vazifa – bu otlarni sport musobaqalarida ham benazir ekanligini isbotlash va milliy g'ururimiz bo'lgan qorabayir otlariga qiziqishni oshirishdan iborat.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing