So’nggi yangiliklar

01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0 18:08"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми? 0 17:45UFC Аспиналл учун жанг ташкил этиш борасида ишламоқда, даъвогар маълум 0 17:23Топурия нега Царукян UFC 317’дан кейин чемпионлик жангида қатнашмаслигини айтди 0 17:00"Жонс барчани кутишга мажбур қилди" - Ислам Махачев 0 16:38Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди 0 16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0 15:54Ўзбекистон Кубогининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТО 0 15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0

21 noy 17:02
Yangiliklar

Kurash

Rishtonda belbog'li kurash bo'yicha o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkazilmoqda

Bugun Farg'ona viloyatining Rishton tumanidagi bolalar – o'smirlar sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha 2007-2008 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlandi.

O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur chempionatda mamlakatimizning barcha hududlaridan 200 nafardan ortiq yosh polvonlar ishtirok etishmoqda.

Ushbu musobaqada dastlab, ochilish marosimi tashkil etildi. Tabrik uchun so'z olgan O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov va boshqalar mamlakatimizda keyingi yillarda jismoniy tarbiya va sportning aholi orasida ommaviyligini taminlashga, sport turlariga, xususan, milliy sport turlariga  alohida etibor qaratilayotgani haqida takidlab, sportchilarga musobaqada muvaffaqiyat  tilashdi.

SHu tariqa o'smirlar o'rtasidagi mazkur chempionatga start berildi.

Takidlash joiz, ushbu bellashuvlarda o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida 11 ta vazn toifasida o'zaro kuch sinashishsa, qizlar erkin yo'nalishda 7 ta vaznda g'oliblik uchun kurash olib borishadi.  

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing